AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga import qilinadigan engil avtomobillar va yuk mashinalariga 25% boj joriy etilishini eъlon qildi. Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda. 

Manbaga koʻra, ushbu qaror global savdo urushini yanada kuchaytirishi mumkin. Avtomobil sanoati mutaxassislarining fikricha, bojxona tariflari narxlarning oshishiga va ishlab chiqarishning sekinlashishiga olib keladi.

“Oʻzimizda ishlab chiqarilmagan barcha avtomobillar uchun 25% tarif joriy qilamiz”, dedi Tramp Oq uyda oʻtkazilgan tadbirda.

Uning aytishicha, ushbu bojxona yigʻimlari 3 apreldan boshlab amalga oshiriladi. Shu kuni Tramp AQShning savdo balansidagi eng katta kamomadga sabab boʻluvchi davlatlarga nisbatan oʻzaro bojxona choralarini ham eъlon qiladi, deyiladi Reuters xabarida. 

Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyaen ushbu qarorni “biznes uchun zararli, isteъmolchilar uchun esa yanada yomonroq” deb baholadi. Kanada bosh vaziri Mark Karni esa buni Kanada ishchilariga “toʻgʻridan-toʻgʻri hujum” deb atadi.

Mavzuga aloqador