Tramp haqiqatdan ham Fors koʻrfazi davlatlari bilan 2 trln dollarlik shartnomalar tuzdimi?
Sanjar Said:
Tramp Fors koʻrfazi davlatlari bilan 2 trln dollarlik shartnomalar tuzgani rostmi?
Trampning Yaqin Sharqqa toʻrt kunlik safari davomida 2 trln drllardan ziyod qiymatdagi shartnomalar ttszilgani maъlum qilindi. Mazkur tur Saudiya Arabistonida boshlandi va u erda umumiy qiymati 600 mlrd dollarlik shartnomalar tuzilgani eъlon qilindi.
Oʻtgan hafta Tramp Fors koʻrfazi mamlakatlariga qilgan safari ortidan Vashingtonga qaytib kelgach, jurnalistlarga shunday dedi: «Bu toʻrt kun ajoyib oʻtdi, haqiqatan ham tarixiy toʻrt kun boʻldi».
Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) tashrifi chogʻida u odatdagi uslubda taъkidladi: «Bu darajada ish oʻrinlari va shuncha pul – bunday holat hali hech qachon boʻlmagan».
Prezident safari davomida bir qator savdo shartnomalari imzolanganini, natijada AQSh umumiy hisobda 2 trillion dollardan ziyod mablagʻ qoʻlga kiritishini maъlum qildi.
Safarning tashkil etilishi haqiqatan ham olamshumul boʻldi: Fors koʻrfazining har uch davlati Trampni hayratga solish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soldi.
Natijada tashrif dasturiga nafaqat hashamatli kutib olish kontsertlari, balki prezident samolyotini sharafli eskort sifatida harbiy samolyotlar hamrohligida qarshi olish, yuqori mehmon sharafiga 21 marta otilgan toʻp salyuti, Tesla kompaniyasining kiber yuk mashinalari avtoparki, shohona tuyalar, toza qonli arab otlari, shamshirli raqslar va boshqa ekzotik koʻrinishlar ham kiritildi.
BAA Trampni Zayd ordeni bilan taqdirladi — bu mamlakatning eng oliy mukofoti boʻlib, u faqat alohida doʻstona davlatlar rahbarlariga beriladi.
Tashrifning tashqi koʻrinishi taъsirli va tantanali boʻldi: oʻz iqtisodiy manfaatlarini targʻib qilayotgan Yaqin Sharqning eng boy neftь davlatlari hashamat va boylik orqali shunchaki emas, balki ochiq va namoyon tarzda AQSh bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun katta mablagʻ sarflashga tayyor ekanini koʻrsatdi.
Yaqin Sharqqa parvozidan oldin Tramp oʻzini faxr bilan «shartnomalarning oliy bosh qoʻmondoni» deb atadi va tashrifning asosiy maqsadi — milliardlab dollarlik investitsiyalarni jalb qilish ekanini ochiq bildirdi. Va birinchi qarashda, bu maqsad amalga oshgandek tuyuldi.
Saudiya Arabistonida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon mamlakat AQSh bilan qoʻshma sheriklik doirasida 600 mlrd dollar sarmoya kiritish majburiyatini tasdiqladi.
Bu summa qurol-yarogʻ etkazib berish, sunъiy intellekt sohasidagi ishlanmalar, sogʻliqni saqlash, infratuzilma loyihalari va ilmiy hamkorlikni oʻz ichiga olgan keng qamrovli kelishuvlarni oʻz ichiga oladi.
142 mlrd dollarlik qurol bitimi alohida eъtibor qozondi. Oq uy buni tarixdagi eng yirik qurol sotish shartnomasi deb atadi.
Biroq ushbu raqamlar haqiqiyligidan shubha qilinmoqda.
2017–2021 yillar oraligʻidagi birinchi prezidentlik muddati davomida Tramp AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 450 mlrd dollarga etganini aytgan edi.
Ammo Fors koʻrfazi arab davlatlari instituti toʻplagan maъlumotlarga koʻra, 2017–2020 yillar oraligʻidagi real savdo va investitsiya oqimi 300 mlrd dollarga ham etmagan.
Bu hisobot muallifi — Tim Kallen, oʻtmishda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ)ning Saudiya Arabistonidagi missiyasi rahbari boʻlgan, hozirda esa Fors koʻrfazi arab davlatlari institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi.
«Aslida bu shartnomalar haqida faqat ular amalga oshirilganini koʻrganimizdagina gapirish mumkin» — deb hisoblaydi u.
U bu sheriklikda hal qiluvchi rolni aynan BAA va Saudiya Arabistoni bilan sunъiy intellekt (SI) sohasidagi hamkorlik boʻyicha tuzilgan shartnomalar oʻynaganini qoʻshimcha qiladi. Chunki “bu erda yangi global tartibni qanday qurish va oʻzaro aloqalarni qanday shakllantirish mumkinligini anglashga harakat qilayotganlar aniq koʻrinadi”.
SIga shuncha katta eъtibor qaratilishi bu texnologiyaning strategik ahamiyati qanchalik ortib borayotganini ham, amerikalik diplomatlar uchun uning ustuvor maqomga chiqqanini ham namoyon etadi. Trampning safariga OpenAI rahbari Sem Oltman, Nvidia bosh direktori Jensen Xuang va Grok AI sohibi Ilon Mask hamrohlik qilgan.
Tashrif arafasida Oq uy Bayden maъmuriyati joriy etgan ilgʻor amerikalik chiplarni eksport qilishga qaratilgan qattiq cheklovlarni bekor qildi. Bu bilan baъzi davlatlarga yuqori texnologiyali chiplardan erkin foydalanish imkoniyati berildi, boshqalar esa bu imkoniyatdan mahrum etildi.
Qolgan taxminan 120 ta mamlakat, jumladan Fors koʻrfazi davlatlari, shu ikki choʻqqi orasida qolib ketdi. Ularga AQShdan import qilinadigan chiplar soniga nisbatan qattiq cheklovlar joriy etildi. Bu esa ayniqsa neftdan voz kechishni rejalashtirayotgan va iqtisodiyotini yangi texnologiyalar bilan diversifikatsiya qilishga shoshilayotgan Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarni xursand qilmadi.
Saudiya Arabistoni ham, OAE ham sunъiy intellektga asoslangan katta maъlumot markazlarini qurishga shoshilmoqda. BAA poytaxti Abu-Dabi esa dunyodagi sunъiy intellekt markaziga aylanishni maqsad qilgan.
BAA Vashingtonni tinchlantirish uchun jiddiy harakat qilmoqda: amerikalik texnologik kompaniyalar bilan sheriklikni chuqurlashtirmoqda, Xitoy kompaniyalari bilan aloqalarni cheklamoqda, milliy xavfsizlik sohasida AQSh bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirmoqda.
Al-Saifning soʻzlariga koʻra, BAA “sunъiy intellekt masalasida amerikaliklarga ishonch bildirmoqda”: “Biz 1990-yillardagi texnologiyaviy burilish aynan AQShdan boshlanganini koʻrganmiz”.
Saudiya Arabistonidan soʻng Tramp Qatarga yoʻl oldi.
Trampning tashrifini ikki tomon ham “toʻliq gʻalaba” sifatida baholadi. Fors koʻrfazi davlatlari, ayniqsa Saudiya Arabistoni uchun bu Bayden maъmuriyati davrida soʻngan sheriklikni qayta tiklash va Er-Riyodning dunyodagi geosiyosiy taъsirini yana bir bor koʻrsatish imkoni boʻldi.
Tramp uchun esa bu tashrif, “trillionlab” yangi investitsiyalar toʻgʻrisidagi bayonotlari fonida, uning iqtisodiy dasturini asoslashga va uni samarali deb koʻrsatishga xizmat qildi. U joriy qilgan bojlar dunyo savdosini izdan chiqardi va AQShning oʻzida ham soʻnggi uch yilda ilk marta sanoat ishlab chiqarish koʻlami pasayishiga olib keldi.
Fors koʻrfazida tuzilgan shartnomalar Tramp tomonidan uning iqtisodiy siyosatining muvaffaqiyati sifatida koʻrsatiladi.