AQSh prezidenti Donalьd Tramp AQSh vositachiligidagi muzokaralardan soʻng Hindiston va Pokiston toʻliq va darhol oʻt ochishni toʻxtatish haqida kelishganini maъlum qildi.

Tramp oʻzining Truth Social tarmogʻidagi bayonotida Hindiston va Pokiston oʻrtasida AQSh vositachiligida kecha tun davomida muzokaralar olib borilganini maъlum qildi.

“Hindiston va Pokistonning toʻliq va darhol oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishganini eъlon qilishdan mamnunman”, degan Tramp va har ikki mamlakatni tutgan oqilona pozitsiyalari uchun tabrikladi.

Pokiston tashqi ishlar vaziri Dar ham Pokiston va Hindiston oʻrtasida darhol kuchga kiradigan otishmalarni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilganini maъlum qildi.

Batafsil maъlumotlar kutilmoqda.

Mavzuga aloqador