Tramp va Putin 2 soat telefonda suhbatlashdi. Asosiy masalalar
AQSh prezidenti Donalьd Tramp saylanganidan keyin uchinchi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatdan soʻng har ikki etakchi qisqacha bayonotlar berdi, biroq batafsil maъlumotlar bilan oʻrtoqlashmadi, deb yozadi BBC Russian xizmati.
Putin va Trampning suhbati taxminan ikki soat davom etdi. Bu suhbatdan soʻng Putin jurnalistlarga bayonot berdi.
«Men AQSh prezidentiga Rossiya va Ukraina oʻrtasida boʻlajak tinchlik shartnomasi borasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni qayta boshlashni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdim», — dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Ukraina bilan «Ukraina boʻyicha boʻlajak tinchlik shartnomasi memorandumi» ustida ishlashga tayyor.
«Biz AQSh prezidenti bilan shunday kelishdikki, Rossiya Ukraina bilan memorandum ustida ishlashni taklif qiladi va u tayyor. Unda hal etish printsiplari, tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin boʻlgan muddatlar va hokazo masalalar, shu jumladan, muvofiq kelishuvga erishilsa, muayyan muddatga oʻt ochishni toʻxtatish ham koʻzda tutiladi», — dedi Putin.
«Bu erda asosiy masala – Rossiya va Ukraina tomonlari tinchlikka intilishini koʻrsatishlari va barcha tomonlar uchun maqbul boʻladigan mutaqobil echimlarni topishlaridir», — degan Putin Rossiya uchun eng muhim narsa — «ushbu inqirozning ildiz sabablarini bartaraf etish» ekanini taъkidladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ushbu suhbat boʻyicha munosabat bildirdi.
«Sanktsiyalar bilan. Rossiya oʻzi boshlagan urushni tugatishi kerak va buni har qanday kunda boshlashi mumkin. Ukraina har doim tinchlikka tayyor», — deb yozdi u Telegram kanalida.
Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, u AQSh prezidenti Donalьd Tramp bilan ikki marta — Putin bilan suhbatdan oldin va keyin gaplashgan. Ikkinchi suhbatda Frantsiya, Italiya, Germaniya, Finlyandiya va EI etakchilari ham qatnashgan.
«Ikki tomonlama suhbatimiz boshida men prezident Trampga Ukraina toʻliq va shartsiz oʻt ochishni toʻxtatishga tayyorligini tasdiqladim. Bu taklifni susaytirish kerak emas. Agar rossiyaliklar oʻldirishni toʻxtatishga tayyor boʻlmasa, sanktsiyalar kuchaytirilishi kerak. Rossiyaga bosim uni haqiqiy tinchlikka majbur etadi – bu butun dunyo uchun ochiq-oydin», — dedi Zelenskiy.
U, shuningdek, Ukraina Rossiya bilan natija beradigan har qanday formatda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarga tayyorligini qayd etdi.
«Turkiya, Vatikan, Shveytsariya – biz barcha ehtimoliy maydonlarni koʻrib chiqyapmiz. Ukraina bunga ishontirishga muhtoj emas. Bizning vakillar haqiqiy echimlar qabul qilishga tayyor. Endi Rossiya tomoni ham shunday natijaviy muzokaralarga tayyorligini koʻrsatishi kerak».
BBC muxbiri Sergey Goryashko Tramp va Putin muzokaralari haqida quyidagi mulohazalarini bildirdi:
Tramp va Putin oʻzlarining uchinchi telefon suhbati haqida qisqacha bayonot berdi. Ikkalasi ham ikki soatlik suhbatdan mamnunligini bildirdi va bir-birlarini maqtashdi. Tramp suhbatning «urugʻligi va ruhiyati»ni maqtadi, Putin esa Kiev bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni qayta boshlashdagi yordami uchun Trampga minnatdorchilik bildirdi.
Rossiya prezidenti Ukraina bilan tinchlik shartnomasiga olib boruvchi harakatlarga tayyor ekanini aytdi, Amerika prezidenti esa Putinning bu niyatini tasdiqladi va Rossiyaga urush tugaganidan soʻng «ulkan savdo imkoniyatlari» vaъda qildi. Bu imkoniyatlarni Ukrainaga ham vaъda qildi.
Trampning aytishicha, Moskva va Kiev oʻzaro oʻt ochishni toʻxtatish muzokaralarini darhol boshlashlari kerak. Uning fikricha, bu muzokaralar ikki davlat oʻrtasida, vositachisiz oʻtishi kerak. Ammo aniq emaski, Tramp bu bilan nimani nazarda tutgan — tomonlar oʻtgan hafta Istanbulda bu jarayonni boshlab yuborgan edi, lekin oʻsha uchrashuvdan soʻng oʻt ochishni toʻxtatish yaqin emasdek koʻringan.
Putin esa Ukraina bilan «boʻlajak tinchlik shartnomasi boʻyicha memorandum» ustida ishlashga tayyorligini bildirdi. Unga koʻra, ushbu hujjatda kelishuv shartlari va muayyan vaqtga oʻt ochishni toʻxtatish masalalari ham oʻz aksini topadi. Bu formulirovkada koʻproq shartlar bor, AQSh prezidenti Tramp va Zelenskiyning talablaridagi kabi shunchaki 30 kunlik tanaffus emas.
Mart oyi bilan solishtirganda, Putinning jamoat oldida tinchlik muzokaralariga munosabati deyarli oʻzgarmagan. U bu safar bu gʻoyani tanqid qilmadi, «nyuanslar»ni sanab oʻtmadi, ammo yana Rossiyaning aniq pozitsiyasini eslatdi.
«Biz uchun eng muhimi — bu inqirozning ildiz sabablarini bartaraf etish», — dedi Putin, yana aniqlik kiritmasdan.
Istanbulda 17 may kuni boʻlib oʻtgan Rossiya–Ukraina muzokaralaridan soʻng Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy tomonlar oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha oʻz takliflarini tayyorlayotganini aytgan edi. OAV manbalariga koʻra, Moskva ushbu shartlar ichiga beshta ukrain viloyatini toʻliq okkupatsiya qilishni kiritmoqda (ulardan toʻrttasini Rossiya toʻliq nazorat qilmayapti).
Bu Kiev uchun mutlaqo qabul qilib boʻlmaydigan shart. Shu bois, hozircha tinchlik kelishuvi yaqinlashmayotganga oʻxshaydi. Putinning yordamchisi Ushakovga koʻra, suhbatda oʻt ochishni toʻxtatishning aniq muddatlari muhokama qilinmagan.
Trampning izohlaridan kelib chiqsak, Putin uni urushni toʻxtatishga qiziqish borligiga ishontirgan. Ammo joriy tanaffus haqidagi gʻoya yana noaniq muddatga qoldirildi.