Tramp xorijiy filьmlarga 100 foizlik boj joriy qiladi
AQSh Prezidenti Trump oʻzining X sahifasida “halok boʻlayotgan” Gollivudni qutqarish uchun xorijda ishlab chiqarilgan filьmlarga 100 foizlik boj joriy qilishini maъlum qildi.
Uning ijtimoiy tarmoqda yozishicha, bu boshqa davlatlar tomonidan uyushtirilgan harakat boʻlib, AQSh milliy xavfsizligi uchun tahdiddir. Bundan tashqari, Tramp bu vosita orqali mafkuraviy targʻibot olib borilayotganiga ishora qilgan.
Shuningdek, AQSh prezidenti boshqa davlatlar tomonidan kinoijodkorlarni oʻzlariga jalb qilish uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar tufayli Amerika kino sanoati “yoʻq boʻlish” arafasida ekanini ham taъkidlagan.













