Xitoy Filippin yaqinida joylashgan bahsli orolni oʻz hududi sifatida eъlon qildi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniesi xabar berdi.


Maъlum boʻlishicha, Janubiy Xitoy dengizidagi Spratli arxipelagʻining bir qismi boʻlgan Sendi-Key oroliga Xitoy sohilni qoʻriqlash xizmati hodimlari mamlakat bayrogʻini oʻrnatgan. 


Bu hodisa mintaqadagi bahsli hududlarni amaliy egallash borasida soʻnggi yillardagi ilk qadamlardan biri sifatida qayd etilmoqda.


TRT nashrining yozishicha, Sendi-Key — maydoni 200 kvadrat metrdan biroz kattaroq boʻlgan qumli qirgʻoqdan iborat. Xalqaro huquq meъyorlariga koʻra, bunday orol atrofida 22 kilometrlik hududiy suvlar ustidan suverenitetni taъminlash huquqini beradi.


Filippin tomoni hozircha orolda Xitoyning doimiy faoliyati qayd etilmaganini maъlum qildi. 


Filippin dengiz xavfsizligi boshqarmasi vakiliga koʻra, Xitoy sohilni qoʻriqlash xizmati xodimlari bayroq oʻrnatish va suratga olish ishlarini yakunlagandan soʻng, hududni tark etgan.

Mavzuga aloqador