Oʻzbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi oʻz kitob xazinasini yana bir qimmatli asar bilan boyitdi. Markazga buyuk astronom va matematik Ali Qushchining oʻgʻli Qozi Abdurahmon qalamiga mansub "Ravnaq-ul boʻston" asarining faksimile nusxasi olib kelindi.
Parij Katta masjidi imomi Shams-Eddin Hofiz mamlakatdagi 150 imomga Frantsiya uchun tinchlik duolarini kiritish taklifi bilan murojaat qildi. Duolar juma xutbalarida arab va frantsuz tillarida oʻqiladi.
Sudanda qonli toʻqnashuvlar davom etmoqda. Xartum shahrining Omdurman tumanini nazoratga olgan armiya Halfaya koʻprigidan oʻtib, Bahri viloyatiga hujum boshladi. BMT maʻʻlumotlariga koʻra, inqiroz tufayli 3 milliondan ortiq odam mamlakatni tark etgan, 9 millionga yaqin aholi esa ichki qochqinga aylangan.
Jidda shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
HAMAS harakatiga yangi rahbar etib Muhammad Sinvar tayinlandi. U 2024 yil oktyabrʻ oyida Isroil kuchlari tomonidan oʻldirilgan Yahyo Sinvarning ukasi hisoblanadi.
Koʻpchilik Los-Angelesdagi yongʻinlarni Gʻazo fojiasiga bogʻlasa, boshqalar AQShdagi falokatning oʻziga xosligini, hukumat buni tez orada bartaraf etishi va uni Falastindagi kabi holatlar bilan taqqoslamaslik kerakligini uqtirmoqda. Ammo asl vaziyat qanday? Umuman, bunday kulfatlarga aslida kim aybdor?
Kaliforniya shtatidagi oʻrmon yongʻinlari oqibatida kamida 16 kishi halok boʻldi. Yongʻin hali ham tarqalishda davom etmoqda va qurbonlar soni koʻpayishi mumkin. Los-Anjelesdagi yongʻin 39 ming akr (15783 ga) maydonni qamrab oldi, 12 mingdan ortiq bino va butun boshli aholi punktlari yonib ketdi. 180 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi.