Myanmada armiya tomonidan amalga oshirilgan havo hujumi oqibatida 41 kishi halok boʻldi, 52 kishi yaralandi. Hujum mamlakatning Rakxayn shtatida joylashgan Mrauk-U tumanida sodir boʻlgan. Halok boʻlganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
AQSh, Frantsiya va Germaniya elchilari Suriyaning oʻtish davri hukumatini Tojikiston, Oʻzbekiston va boshqa davlatlardan kelgan jihodchilarni mamlakatning rasmiy lavozimlariga tayinlamaslikka chaqirdi. Ularning iddao qilishicha, bunday qarorlar yangi hukumatning xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlariga salbiy taʻʻsir koʻrsatishi mumkin.
Rossiya general Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasiga zamonaviy qurollar, jumladan S-300 va S-400 mudofaa tizimlarini etkazib bermoqda. Moskva bu orqali nafaqat Gʻarb taʻʻsirini zaiflashtirish, balki mintaqadagi Turkiya, BAA va Misr bilan kuchayib borayotgan raqobatda oʻz pozitsiyasini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Iordaniyaning Al-Gʻora hududida Iso Masihning suvga choʻmiltirilishiga bagʻishlangan va Yaqin Sharqdagi eng yirik cherkov ochildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 463 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Evropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge Oʻzbekiston hukumatiga ushbu yordam uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Uning taʻʻkidlashicha, Oʻzbekistonning bunday harakatlari insonparvarlik va tinchlikparvarlikning yorqin namunasidir.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 2025 yil 13-16 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan BAAda boʻladi.
Suriyaning poytaxti Damashqda joylashgan Umaviylar markaziy masjidida juma namozidan keyin yuz bergan tiqilinchda kamida uch kishi halok boʻldi. Maʻʻlumotga koʻra, halok boʻlganlar orasida bir bola ham bor. Bundan tashqari, koʻpchilik turli xil jarohat olgan.
Bryusseldagi inson huquqlari tashkiloti Gʻazo, Livan va Suriyada amalga oshirilgan harbiy operatsiyalarda "raqamli izlar" qoldirgan isroillik askarlar haqidagi maʻʻlumotlarni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga taqdim etdi.
Moskva viloyatining Ramenskiy tumanida ikki niqobli yigit yoʻl chetidagi “Halol” va “Samarqand” kafelarining oynalarini sindirib, binoga oʻt qoʻygan. Yongʻin natijasida har ikki bino butunlay vayron boʻldi.