Rossiyalik general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpovning Moskvada sodir etilgan portlash oqibatida halok boʻlishi yuzasidan Oʻzbekiston fuqarosi Ahmadjon Qurbonovga qasddan odam oʻldirish, terroristik harakat va qurol saqlash kabi jinoyat moddalari boʻyicha ayblov qoʻyildi. Basmanniy sudining qaroriga koʻra, Qurbonov tergov davomida 2025 yil 17 fevralgacha qamoqda qoladi.
Human Rights Watch (HRW) tashkiloti Isroilning Gʻazo sektoridagi falastinlik aholini toza suvdan mahrum qilishi genotsid va qirgʻin jinoyatlari doirasida koʻrilishi mumkinligini taʻʻkidladi. Tashkilotning hisobotiga koʻra, Gʻazodagi falastinliklar yashab qolish uchun zarur boʻlgan minimal meʻʻyor — kuniga 15 litr suvdan ham mahrum.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 dekabrʻ kuni “Vladimir Putin bilan yil natijalari” dasturida Markaziy Osiyodan kelayotgan migrantlar uchun talablarni kuchaytirish zarurligini taʻʻkidladi. Uning fikricha, migrantlar Rossiyada yashayotgan joylari madaniyati va qonunlarini hurmat qilishlari shart.
Qozogʻiston Suriyada sobiq hukumat kuchlariga qarshi kurashgan “Hayʻʻat Tahrir ash-Shom” guruhini terrorchilik tashkilotlari roʻyxatiga kiritmaganini qayd etdi. Bu haqda Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Alibek Baqoev BES.media nashriga bergan intervʻyusida maʻʻlum qildi.
Gruziya hukumatining Evropa Ittifoqiga aʻʻzo boʻlish boʻyicha muzokaralarni 2028 yilgacha toʻxtatib qoʻyish qaroriga qarshi namoyishlar 22 kundan beri davom etmoqda. Namoyishchilar kechasi yana poytaxt Tbilisi koʻchalariga chiqib, hukumat harakatlaridan noroziligini bildirishdi.
Rossiyada musulmon jamoasi uchun sharʻiy koʻpxotinlilikka oid yangi fatvo qabul qilindi. Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy boshqarmasining Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan ushbu hujjat, erkaklarga muayyan shartlarga rioya qilgan holda toʻrttagacha xotin olish imkoniyatini beradi.
Marokashning Buuznika shahrida Gʻarbiy va Sharqiy Liviya qonun chiqaruvchi organlari vakillari oʻrtasida muzokaralar boshlandi. Bu uchrashuv Liviyada 2014 yildan beri davom etib kelayotgan siyosiy boʻlinishga chek qoʻyish va mamlakatni birlashtirish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Isroillik koʻchmanchilar Livanning janubiy hududlariga bostirib kirib, Marun ar-Ras shahrida chodirlar qura boshlashdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda Livan hududida olingan suratlar va selfilarni joylashtirib, mahalliy aholi va xalqaro hamjamiyat eʻʻtirozini keltirib chiqardi. Isroil kuchlari nafaqat chegara hududlariga, balki Livan janubidagi shahar va qishloqlarga ham muntazam zarar etkazmoqda.
Baas rejimi agʻdarilishi bilan Suriyada qidiruv va qazish ishlari faol ravishda davom etmoqda. Poytaxt Damashq va janubiy Daraa shahrida bir nechta ommaviy qabrlar aniqlandi.