Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad ajrashish uchun ariza berib, tugʻilib oʻsgan vatani Britaniyaga koʻchib oʻtish niyatida ekanini maʻʻlum qildi. Biroq Evropa Ittifoqi va Britaniya tomonidan qoʻllangan sanktsiyalar tufayli Asmaning sayohat qilishi taqiqlangan va aktivlari muzlatilgan.
Eronda yuzaga kelgan jiddiy energetika inqirozi mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va mintaqadagi siyosiy taʻʻsiriga tahdid solmoqda. Gaz tanqisligi tufayli 17 ta elektr stantsiyasi faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Natijada millionlab fuqarolar elektr taʻʻminotidagi uzilishlardan aziyat chekmoqda, isitish, transport tizimlari ishdan chiqqan. Maktablar, universitetlar va davlat idoralari qisqartirilgan ish vaqtiga oʻtdi.
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi rahbari, Muftiy Shayx Ravil Gaynutdin, mamlakatda koʻpxotinlikka ruxsat berilganini Ukraina bilan urushda halok boʻlgan harbiylarning bevalari va ularning farzandlarini himoya qilish bilan izohladi. Muftiyning taʻʻkidlashicha, halok boʻlgan askarlarning oilalariga gʻamxoʻrlik qilish musulmon jamoatining muhim ijtimoiy vazifasidir.
Janubiy Vaziriston viloyatining Afgʻoniston bilan chegara yaqinidagi harbiy nazorat-oʻtkazish punktiga hujum qilindi. Pokiston armiyasi jamoatchilik bilan aloqalar departamenti tarqatgan maʻʻlumotga koʻra, hujum natijasida 16 nafar harbiy halok boʻlgan. Hujum paytida armiya tezkor javob qaytarib, 8 nafar terrorchini yoʻq qilgan.
Londonda Falastin tarafdorlari namoyishida Reychel ismli ayol Islomni qabul qilganini eʻʻlon qildi. Uning taʻʻkidlashicha, Gʻazo xalqining iymon-eʻʻtiqodi va sabr-toqati uni Islomni yanada chuqurroq oʻrganishga undagan va bu uning dinga kirishiga sabab boʻlgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 442 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo bozori ishtirokchilariga qarshi teraktni Saudiya Arabistonidan kelgan 50 yoshli psixiatr va qochqin Taleb Al Abdulmohsen uyushtirgani aniqlandi. Maʻʻlumotga koʻra, u 2006 yilda Germaniyaga koʻchib oʻtgan. U oʻzini islomofob va islomning dushmani deb bilgan.
Qozondagi turar-joy binolariga uchuvchisiz samolyot hujumi oqibatida uch kishi jarohat oldi. Qozon va Ijevsk aeroportlari faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Qozonda ayrim maktablar yopildi, oʻquvchilar evakuatsiya qilindi.
Isroil soʻnggi oylarda Gʻazo sektorida bufer zonalar va harbiy bazalar tarmogʻini kengaytirmoqda. Oʻtgan uch oy ichida 600 dan ortiq binolar buzilgan va Netzarim koridori atrofida oʻnga yaqin yangi baza qurilgan. Isroilning bu harakatlari falastinliklarni izolyatsiya qilish va hududni toʻliq nazorat qilishga qaratilgani aytiladi.
Germaniyaning Magdeburg shahrida Rojdestvo bozorida sodir boʻlgan terakt katta qurbonlar va jarohatlanganlar soniga olib keldi. Magdeburg qutqaruv xizmatiga koʻra, voqea natijasida 60 dan 80 nafargacha odam jabrlandi. Kamida 11 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan va 80 dan ortiq odamni jarohatlagan shaxs Saudiya Arabistonidan ekanligi aytilmoqda.