Shahar maъmuriyatining bildirishicha, ilgari millionlab kobulliklar chiqindilarni yashash joyiga yaqin axlatxonaga yoki Kobul daryosiga tashlagan. Bu esa shahar kanalizatsiyasi va barqaror suv taъminoti yoʻq sharoitda infektsion kasalliklar koʻpayishiga sabab boʻlgan.
Suriyaning SANA davlat agentligiga koʻra, prezident Vladimir Putin ham Shayboniy va u boshchiligidagi delegatsiyani Kremlda qabul qilgan, biroq uchrashuv tafsilotlari oshkor etilmagan.
Maъlumotlarga koʻra, urush oloviga moy sepayotgan BAA RSFni qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar bilan taъminlamoqda: rasmiy maъlumotlarga koʻra, 2022 yilda buning evaziga 2,3 milliard dollarlik Sudan oltinini olgan. Ammo haqiqiy koʻrsatkichlar ancha yuqori – taxminan 90% Sudan oltini (qariyb 13,4 milliard dollar) qoʻshni davlatlar orqali kontrabanda yoʻli bilan BAAga olib chiqib ketilmoqda. Bu qoʻllab-quvvatlash mojaroni uzaytirib, 26 million sudanlikni ochlik yoqasiga olib keldi.
Prezident Vladimir Putin 2025 yil sentyabr oyidan boshlab Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etilishi, ilgari amalda boʻlgan bojlar qiymati esa oshirilishi toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Jumladan, 1 sentyabrdan boshlab, chet el fuqarolarini yashash joyi boʻyicha hisobga qoʻyish uchun 500 rublь, shuningdek, vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirish uchun ming rublь miqdorida yigʻim joriy etiladi.
Oldinroq, 27 yoshli Muhsin Mustafo va uning 23 yoshli amakivachchasi Ahmad Sharif oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Maъsor tumanidagi politsiya boʻlimiga hujum qilingani aks etgan videolarini joylagandi. Unda Falastin va Misr oʻrtasidagi Rafah chegara postining yopilishi hamda Gʻazoning qamal qilinishidan norozi boʻlganlar politsiya boʻlimlarida qattiq qiynoqqa solinayotgani, hatto oʻldirib yuborilayotgani aytilgandi. Ikki faol esa mazkur holatlarni videoga muhrlab jamoatchilikka etkazish istagida ekanini qoʻshimcha qilishgan. Ushbu voqeadan soʻng Muhsin va Sharif bedarak yoʻqolgan.
"BMT betaraf muassasa boʻlib qolishi kerak edi. Biroq hozirda u Gʻarbning siyosiy koʻrsatmalari taъsirida faoliyat yuritmoqda. U oʻz samaradorligi va mustaqilligini yoʻqotgan", degan u.
Kanada bosh vaziri Mark Karni mamlakat Birlashgan Millatlar Tashkilotining sentyabrь oyidagi yigʻilishida Falastin davlatini tan olishini maъlum qildi. Gʻazoda ocharchilik kuchayib borayotgan paytda amalga oshirilgan bu qadamlar Isroilga nisbatan bosimni oshirmoqda.
AQSh Davlat departamenti hozirgi kunda Arabiston yarimorolidagi "Al-Qoida" guruhining rahbari Saъad bin Atif al-Avlaqiyning joylashuvi yoki shaxsiyatini aniqlashga yordam beradigan maъlumot uchun mukofot pulini 10 mln dollargacha oshirdi.
Uzoq Rossiya hududida bir necha kishi jarohat olgan, Yaponiya sharqiy qirgʻogʻidagi keng hududlar esa evakuatsiya qilingan.
Shimoliy Darfur va Kordofan hududlarida iyulь oyi oʻrtalaridan buyon zoʻravonliklar avj olgan. 450 dan ortiq tinch aholi vakillari, jumladan ayollar va bolalar halok boʻlgan.