Masjid qurilishida Ukrainadagi urushda halok boʻlgan Andrey Kasьyanovning (islomiy ismi Abdulloh boʻlib, masjidga ham shu nom berilgan) onasi Ramziya Gimaletdinova, shuningdek urush sabab oʻgʻli va eridan ajralgan Milyausha Bayazitova katta hissa qoʻshgan.
Mintaqada oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori-darmon etishmovchiligi misli koʻrilmagan darajaga etgan. 457 ming bola toʻyib ovqatlanmaslik tufayli ogʻir kamqonlikdan aziyat chekyapti. 146 ming nafar bolaning ahvoli oʻta ogʻir.
Tehronning Murtazo Gerd tumanidagi uyda yosh ayol pichoqlangan. Uning ikki yoshdan besh yoshgacha boʻlgan uch farzandi ham vahshiylarcha oʻldirib ketilgan. Afgʻoniston Muvaqqat ishlar vakili Fazl Muhammad Xoqoniy masala allaqachon Eron rasmiylariga yuborilganini va elchixona vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini taъkidlagan.
Tahlilchilar, toʻsatdan Rafah nazorat-oʻtkazish punkti orqali Gʻazoga yordam olib kirishga ruxsat berilganini Misrdagi voqealar bilan bogʻlashmoqda. Xalqlarning Sisi rejimga qarshi shiorlar ayta boshlagani sionistlarni choʻchitib yuborgan boʻlishi mumkin. Zero, Misr ichida norozilik harakatlarining boshlanib ketishi AQSh boshchiligidagi yahudiy davlatining sheriklari uchun ham manfaatli emas. "Bu – musulmonlarning vaziyatni oʻzgartirish va qamalni yorishga qodir ekanining eng katta isbotidir", deyiladi bu haqdagi izohlarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hujumda ishtirok etgani aytilayotgan ikki yigitga tegishli deb hisoblangan xat tarqaldi. Unda: " shunday dey
Nuriston viloyati politsiya boshligʻi Axtar Muhammad Mazmalning maъlum qilishicha,
AQSh Markaziy qoʻmondonligi 25 iyulь kuni Suriyaning shimolidagi al-Bab shahrida reyd oʻtkazib, IShIDning yuqori martabali etakchisi va uning ikki voyaga etgan oʻgʻlini oʻldirdi. Operatsiya Halab viloyatida amalga oshirilgan boʻlib, oqibatda Zavba Muslih al-Hardani hamda uning oʻgʻillari – Abdulloh va Abdurrohman halok boʻlgan. CENTCOM bayonotida aytilishicha, ularning barchasi "AQSh va koalitsiya kuchlari, shuningdek, yangi Suriya hukumati uchun tahdid" hisoblangan.
Suriyaning sobiq prezidenti 2013 yil avgustida Sharqiy Guta, Adra va Doumadagi kimyoviy hujumlar bilan bogʻliq insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblangan. Bashar Asadni hibsga olish orderi 2023 yilning noyabrida chiqarilgan. Biroq prokuratura keyinchalik bu ishni qayta koʻrib chiqishga qaror qilgan.
24 iyulь kuni tush payti suvda choʻmilayotganda ahvoli keskin yomonlashgan, nafas olishi qiyinlashgan va uning choʻkib ketishiga oz qolgan. Qodirovni sohilga chiqarib, birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan va tez tibbiy yordam mashinasida kasalxonaga etkazilgan. "Novaya gazeta” nashri oldinroq Checheniston rahbarida oshqozon osti bezi nekrozi aniqlanganini maъlum qilgandi. Shuningdek, nashr Rossiya prezidenti maъmuriyati Chechenistonda hokimiyat almashishi stsenariysini ishlab chiqayotganini qoʻshimcha qilgan.
Bundan tashqari sionistlar juma ayyomida namozxonlarning Al-Aqso masjidida namoz oʻqishiga toʻsqinlik qilmoqda. Gʻarbiy Sohilda istiqomat qiluvchi bir qancha yosh yigitlarning masjidga kirishiga yoʻl qoʻyilmagan hamda bunga eъtiroz bildirganlar qamoqqa tashlangan.