AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp 2021 yil 6 yanvarda Kongress bosqinida jazolanganlar boʻyicha “birinchi kuni” juda tez chora koʻrishini maʻʻlum qildi. Bosqinda ayblanganlar agar radikal yoki aqldan ozgan boʻlsa, istisnolar boʻlishi mumkin.
Gruziyada Bosh vazir Irakliy Kobaxidzening Evropa Ittifoqi bilan muzokaralar boshlanishini 2028 yilning oxirigacha kun tartibiga qoʻymaslik qarori ortidan boshlangan namoyishlar davom etmoqda. Namoyishlarda 150 nafar politsiyachi yaralangan, 400 dan ortiq kishi qoʻlga olingan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 430 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp Yaqin Sharq davlatidagi vaziyatni sharhlar ekan, Suriya rejimining agʻdarilgan rahbari Bashar Asad Rossiyadan yordam ololmagani uchun mamlakatni tark etgan, deya izoh berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Ukraina tufayli Suriyaga boʻlgan qiziqishni yoʻqotgan.
Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri Rossiyada tobutlar narxi 74 foizga, ayrim viloyatlarda ikki baravarga oshdi. Shuningdek, dafn marosimlari xizmatlari xarajatlari ham 2022 yil davomida 48 foizga, 2023 yilda 12 foizga, 2024 yilning toʻqqiz oyida esa 10 foizga oshgan.
Suriya muxolifat kuchlari mamlakatni toʻliq nazorati ostiga olish uchun kurashni davom ettirmoqda. Ayni paytda Kurdiston ishchi partiyasi qoʻlida boʻlgan hududlarni egallashga kirishilgan. Ayni paytda, Isroil Suriya hududlarini bombalab, bir qismini bosib oldi. Soʻnggi vaziyat
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 429 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQSh Isroil uchun Amerika qurollarini olib ketayotgan yuk kemalariga oʻz portlariga kirishga ruxsat bermagan Ispaniyaga nisbatan tergov boshladi.
Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatni tark etib, 54 yillik Asad tuzumi barham topdi. Poytaxt va mamlakatning asosiy qismi muxolifat qoʻliga oʻtdi. Asad askarlari harbiy liboslarini koʻchalarda echib, tinch aholi qiyofasida qochishga tushgan.