Bi-bi-si maʻʻlumotlariga koʻra, 2015 yildan 2024 yilgacha Suriyadagi amaliyotlar chogʻida 543 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi va «Vagner» XHK xodimlari halok boʻlgan. Ular orasida maxsus operatsiyalar kuchlari, FSB maxsus boʻlinmalari, GRU razvedka askarlari va harbiy uchuvchilar kabi eng kuchli toifadagi mutaxassislar ham bor.
10 dekabrʻ – Jahon inson huquqlari kunida xalqaro huquq boʻyicha ekspertlar Inson huquqlari deklaratsiyasi Gʻazoda oʻz universalligini yoʻqotganini taʻʻkidlamoqda. "Gʻazodagi vaziyat deklaratsiyaning barcha moddalari buzilganini namoyon qilmoqda. Bu taʻʻlim olish, qiynoqqa solinmaslik, oʻzboshimchalik bilan hibsga olinmaslik kabi huquqlarning toptalishidir", dedi ekspertlardan biri, xalqaro huqushunos Lena Al-Malak.
Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu Suriyaga tegishli boʻlgan Joʻlan tepaliklari abadiy “Isroilning ajralmas qismi” boʻlib qolishini eʻʻlon qildi. Isroil Suriyadagi vaziyatdan foydalanib, mintaqada muhim strategik ahamiyatga ega boʻlgan Hermon togʻini ham jangsiz bosib oldi.
Rossiya Davlat Dumasida mehnat migrantlarining maktab va bogʻchalar yaqinida yashashini cheklashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Liberal demokratik partiyasi rahbari Leonid Slutskiyning taʻʻkidlashicha, taʻʻlim muassasalari hududida migrantlarni roʻyxatdan oʻtkazish ham taqiqlanishi mumkin.
London Suriyadagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda "Hayʻʻat tahrir ash-Shom" ni terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan olib tashlash masalasini koʻrib chiqadi.
Yarim asrdan ortiq vaqt davomida arab jamiyatlari va fuqarolari ahvolini shaxsan kuzatib, ularni jurnalist sifatida yoritib keldim. Xulosam shuki, birorta ham arab mamlakati ushbu toʻrtta sinov— barqaror davlatchilik, haqiqiy mustaqillik, fuqarolik huquqlari va barqaror hamda adolatli insoniy taraqqiyot sinovlaridan oʻta olgan emas - jurnalist va tahlilchi Rami Khori maqolasidan.
2024 yilning oxiriga kelib, iqlim oʻzgarishlari insoniyat uchun yanada jiddiy tahdidlarni olib kelmoqda. Evropa Ittifoqining Kopernik iqlim markazi (S3S) noyabrʻ oyi tarixdagi eng issiqlaridan biri boʻlganini qayd etdi.