Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida 9 yildan keyin havo qatnovi tiklandi. Parvozlar Mashhad-Dammam yoʻnalishida amalga oshiriladi.
Janubiy Koreya prezidenti tomonidan "Shimoliy Koreyaga xayrixoh kuchlardan tozalash va liberal konstitutsiyaviy tuzumni saqlash maqsadida" eʻʻlon qilingan harbiy holat parlament qarori bilan bekor qilindi. Endilikda prezidentni impichment kutmoqda.
Janubiy Koreyada harbiy holat eʻʻlon qilindi. Parlament binosiga kirishga urinayotgpn harbiylar va fuqarolar oʻrtasida otishma sodir boʻlgani xabar qilindi. Harbiy holat haqida nimalar maʻʻlum.
AQSh Kongressiga dunyo boʻylab 6,9 million kishining oʻlimiga sabab boʻlgan COVID-19 virusi tabiiy emas, balki laboratoriya sharoitida vujudga kelganini tasdiqlovchi ikki yillik tergov natijalari boʻyicha hisobot berildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 424 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze noyabrʻ oxirida mamlakatning EIga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralar 2028 yilgacha muzlatib qoʻyilganini maʻʻlum qilganidan soʻng norozilik namoyishlari kuchaydi. Beshinchi kundirki politsiya va namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuvlar sodir boʻlmoqda. Politsiya suv purkagich va koʻzdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanmoqda, aholi esa barrikadalar qurib, politsiyaga mushaklarni yoʻnaltirmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kyodo News nashriga bergan intervʻyusida Rossiya bilan keng koʻlamli urush davomida "80 mingdan ancha kam" ukrain askari halok boʻlganini maʻʻlum qildi, biroq aniq raqamlarni keltirmadi. Gʻarb matbuoti Ukraina 60 mingdan 100 minggacha askarini yoʻqotgani, haqiqiy raqamlar har halok boʻlganga 6-8 nafar ogʻir yarador toʻgʻri kelayotgani uchun haqiqiy raqamlar kattaroq boʻlishi mumkinligini yozgandi.
AYShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp HAMAS isroillik asirlarni ozod qilmasa, Yaqin Sharqni doʻzaxga aylantirish bilan tahdid qildi.
Gvineya harbiy xuntasi rahbari Mamadi Dumbuya sharafiga oʻtkazilgan futbol musobaqasi vaqtida hakamning bahsli qarorlaridan norozi boʻlgan muxlislarning stadionga tushib kelishi tiqilinchni keltirib chiqardi. Natijada, tasdiqlanmagan maʻʻlumotlarga koʻra, 100 dan ziyod odam, jumladan bolalar halok boʻldi.