Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 423 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Dunyodagi 100 ta eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning qurol-yarogʻ va harbiy xizmatlarni sotishdan tushgan daromadlari 2023 yilda 4,2 foizga oʻsib, 632 milliard dollarni tashkil etdi. Koʻpgina qurol ishlab chiqaruvchilar talabning oʻsishiga javoban 2023 yilda ishlab chiqarishni oshirgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden vakolatidan foydalanib, 54 yoshli oʻgʻli Xanter Baydenni afv edi. Xanter Bayden kamida 1,4 mln dollarlik soliqlarni toʻlamay, ushbu pullarni hashamatli mehmonxonalar, qimmatbaho mashinalar, giyohvand moddalar va fohishalarga sarflaganlikda ayblanayotgan edi.
BMT Qochqinlar komissarligi 36 mingga yaqin afgʻon muhojirlari Pokistondan majburiy deportatsiya qilinganini maʻʻlum qildi. 1 yanvardan afgʻonistonliklarning tegishli hujjatlarsiz mamlakatda qolishlari taqiqlanadi.
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp BRIKSga aʻʻzo davlatlar dollarga muqobil valyuta yaratishga harakat qilsa, ularga 100 foizlik boj joriy etish bilan tahdid qildi.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri, oʻta oʻng kuchlar vakili Itamar Ben-Gvir masjidlardagi ovoz kuchaytirgichlarni musodara qilish haqida buyruq berdi. U oʻz qarorini "yahudiy aholisini bezovta qilayotgan" "shovqin" haqidagi shikoyatlarga asosladi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 421 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Saudiya Arabistoni Isroil bilan bogʻliq vaziyat boshi berk koʻchaga chyukirib qolgani sababli AQSh bilan keng koʻlamli mudofaa shartnomasidan voz kechdi. Ar-Riyod va Vashington Tramp hokimiyat tepasiga kelgunicha engilroq shakldagi harbiy hamkorlik kelishuviga erishishga ulgurib qolmoqchi.
Chad hukumati Frantsiya bilan uzoq yillardan beri amalda boʻlgan xavfsizlik va mudofaa sanoati sohalarida hamkorlik shartnomasini bekor qildi. Mamlakatda frantsuz harbiylari mudofaa kuchlari sifatida xizmat olib borar edi.
Qurolli muxolif guruhlar Halab va Idlib viloyatlarida jami 70 ta aholi punktini 0nazorat ostiga oldi.