Rossiya Davlat Dumasiga "Tolibon"ni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishga xizmat qiluvchi qonun loyihasi kiritildi. U qabul qilinsa, Rossiya bosh prokurori yoki oʻrinbosarining arizasi bilan taqiq sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Milliyet nashrining xavfsizlik kuchlaridagi manbalariga tayanib xabar berishicha, BAAda ravvin Tsvi Koganni oʻldirgan uch nafar oʻzbekistonlik Istanbul aeroportidan chiqib, taksida ketayotganida MİT va politsiyaning maxsus amaliyotida qoʻlga olinib, BAAga topshirgan.
Qizil dengizda sayohat kemasi kuchli toʻlqin urilishi natijasida choʻkib ketdi. 28 kishi qutqarib olingan, yana 16 kishini qidirish ishlari davom etmoqda.
Pokistonda xavfsizlik kuchlari bilan sobiq bosh vazir Imron Xonning Islomoboddagi tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Natijada, soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, 4 nafar politsiyachi halok boʻlgan
Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi «Ansorulloh» harakati (husiylar) Yaman hukumati bilan mahbuslarni almashish boʻyicha keng qamrovli bitim tuzishga tayyorligini maʻʻlum qildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 417 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Moskvada MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 20-yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. RF prezidenti Vladimir Putin yigʻilish ishtirokchilariga qutlov soʻzida MDH razvedka xizmatlarini hozirgi geosiyosiy keskinlik sharoitida hamkorlik qilishga chaqirdi.
Eron diniy rahbari Oyatulloh Xomanaiy Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanʻyaxuni hibsga olish uchun order berilishini etarli emas chora deb atadi. Uning fikricha, Netanʻyaxu qatl qilinishi ham kerak.
Ukraina avgust oyida bosib olingan Rossiya hududlarining 40 foizdan ortigʻini boy berdi. Rossiya Kiev yurishini toʻxtatish uchun Kursk viloyatiga 59 mingga yaqin askarini joylashtirgan. Bundan tashqari, Shimoliy Koreyaning 11 mingga yaqin askari ham Rossiyani qoʻllab-quvvatlash uchun Kursk viloyatiga kelgan.
Soʻnggi paytlarda Xitoy millardlab dollar sarmoya kiritayotgan Pokiston va Tojikistonda xitoyliklarga tez-tez hujumlar uyushtirilmoqda. Mutaxassislar bu kabi holatlar Xitoyning keyingi sarmoyalarni kiritishiga toʻsqinlik qilishi mumkinligini aytmoqda. Ayrim kuzatuvchilar esa aksincha, Xitoy oʻz fuqarolarini himoya qilish maqsadida harbiy aralashuvni kuchaytirishi mumkin.