Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Afgʻonistonga tashrif buyurib, mamlakat oliy rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi. Rossiya tadbirkorlari uchun ham iqtisodiy, ham jismoniy xavfsizlik masalalariga alohida eʻʻtibor qaratildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 416 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
BAAda Isroil fuqarosi, 28 yoshli Zvi Koganning oʻldirilishida gumon qilingan uch nafar shaxs qoʻlga olindi. Avvalroq ushbu shaxslarning Oʻzbekiston fuqarolari ekani va Turkiyaga qochib oʻtgani xabar qilingan edi.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Sambhal shahrida Boburiylar hukmronligi davrida qurilgan Shohi Jama masjidini buzish uchun kelgan politsiya va mahalliy musulmonlar oʻrtasidagi toʻqnashuvda kamida toʻrt musulmon halok boʻldi, oʻnlab kishilar jarohatlangan. Hukumat masjid goʻyoki hindu ibodatxonasi oʻrniga qurilganini iddao qilmoqda.
Pokiston shimoli-gʻarbida mazhablararo va qabilaviy toʻqnashuvlar natijasida uch kun ichida 82 kishi halok boʻldi.
Shimoliy Afrikadagi "Al-Qoida"ga aloqador jangarilar bilan toʻqnashuvlarda "Afrika korpusi" (sobiq "Vagner")ning beshdan ettigacha aʻʻzosi oʻldirildi.
NATO Parlament Assambleyasining 70-sessiyasi boʻlib oʻtayotgan Kanadaning Monreal shahrida namoyishlar politsiya bilan toʻqnashuv va koʻcha tartibsizliklariga aylandi. Tartibsizliklarda HAMAS tarafdori qiyofasidagi niqoblangan shaxslar ham qatnashdi.