Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 410 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Ushbu hujjatga koʻra, Rossiya oʻziga va (yoki) ittifoqchilariga qarshi yadroviy va (yoki) ommaviy qirgʻin qurollarining boshqa turlarini qoʻllashga javoban yadro qurolidan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp mamlakatdagi tartibsiz muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish uchun milliy favqulodda holat eʻʻlon qilish va bunda harbiylardan foydalanilishini tasdiqladi.
Isroilning Beyrutga tungi zarbalaridan soʻng Taʻʻlim vazirligi Livan poytaxtidagi barcha maktab va oliygohlarni yopishga qaror qildi. Isroil tajovuzi sababli shusiz ham minglab oʻquvchi-talabalar qochqinlarga aylangan, maktablardan esa boshpana sifatida foydalanish boshlangan edi.
Britaniyalik rassom Isroil madaniy tashkilotlarini boykot qilishga chaqiruvchi ochiq xatga imzo chekkanidan soʻng Germaniya jamgʻarmasining mukofotidan mahrum boʻldi. "Biz Falastin zulmiga sherik boʻlgan yoki unga qarshi jim turuvchi Isroil madaniy tashkilotlari bilan ishlamaymiz", - deyilgandi u imzolagan ommaviy maktubda.
Hindiston poytaxti Nʻyu-Dehlida havo sifati «ogʻir» toifaning yuqori chegarasidan ham oshib ketdi va eng yomon darajaga etdi. Havo iflosligi parvozlar va poezdlar harakatiga taʻʻsir qildi, quyi sinflarda yuzma-yuz taʻʻlim bekor qildi. Hukumat qator choralarni amalga oshirishga kirishdi.
Gollandiyalik yahudiy jurnalist Eva Prins Niderlandiya Evropada musulmonlarga qarshi kayfiyat (islomofobiya) eng koʻp tarqalgan davlatlardan biri ekani, ular yahudiylarga qaraganad koʻproq kamsitilishini maʻʻlum qildi. U yaqinda Amsterdamda sodir boʻlgan voqealarni yahudiylar boshlagani, biroq hukumat hodisani "antisemitizm" sifatida baholaganini taʻʻkidladi.
Eron rasmiylari oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiyning ogʻir bemor ekani haqidagi xabarlarni rad etib, uning Livanda peyjerlar portlashida yaralangan Beyrutdagi elchi bilan uchrashuvi aks etgan videoni eʻʻlon qildi.
Ukaina yaqin vaqtlarda Rossiya hududining uzoq qismlariga ATAMS, SCALP/Storm Shadow kabi uzoq masofali raketalardan zarba berishi mumkin. AQSh, Britaniya va Frantsiya ulardan foydalanishga ruxsat berdi.