YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan qadimiy Palmira shahri ham zarar koʻrdi. Suriya inson huquqlari observatoriyasining maʻʻlum qilishicha, zarbada 61 kishi halok boʻlgan. Ulardan 33 nafari qurolli tuzilmalarga, jumladan, 4 nafari “Hizbulloh” bilan aloqador, 22 nafari Suriya fuqarosi emas va 2 nafar jasadning shaxsi aniqlanmagan.
Iroq 37 yil ichida birinchi marta butun mamlakatni, jumladan Iroq Kurdistoni mintaqaviy hukumati viloyatlarini qamrab olgan ikki kunlik umumiy aholini roʻyxatga olishni boshladi. Buning uchun mamlakatda ikki kunlik komendantlik soati joriy etildi.
AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan oʻn aʻʻzosi tomonidan tayyorlangan va Gʻazoda zudlik bilan va soʻzsiz oʻt ochishni toʻxtatish talab qilingan rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi. Oʻtgan oktyabrʻ oyida Yaqin Sharqdagi mojaro avj olganidan beri Qoʻshma Shtatlar Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rezolyutsiyasiga beshinchi marta toʻsqinlik qilmoqda.
OAV Ukrainada yuqori aniqligi sababli har biri 1 mln dollar turuvchi AQShning ATACMS raketalaridan 50 donaga yaqini borligini taxmin qilmoqda. Yaqinda AQSh prezidenti Jo Bayden ushbu raketalardan Rossiya hududiga zarba berilishini maʻʻqullagan edi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 411 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Sudan hukumati Tezkor harakat kuchlarining (RSF) poytaxt Xartum gʻarbidagi Omdurmanda masjidga uyushtirgan artilleriya hujumida kamida besh nafar tinch aholi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, masjid imomi va bir qancha bolalar jarohatlangan.
Qatarning «Al-Jazira» telekanali Isroil tank va zirhli texnikalari Suriya chegarasini kesib oʻtgani va yangi chegara chiziqlarini barpo etish boʻyicha muhandislik ishlari olib borilayotganini maʻʻlum qildi. Bashar Asad hukumati esa sukut saqlashni afzal koʻrib, bu haqdagi maʻʻlumotlar sizib chiqishiga qattiq qarshilik koʻrsatmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonga tashrif buyuradi. Hindiston bosh vaziri Rossiya prezidenti bilan Qozon shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya rahbarini kelgusi yili Rossiya-Hindiston yillik sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga taklif qilgan edi.