Indoneziyaning Flores orolida sodir boʻlgan vulqon portlashi natijasida eng kamida 9 kishi, jumladan, bir rohiba hayotdan koʻz yumdi. Mamlakatda ayni vaqtda 130 ta faol vulqon mavjud.
Falastin erlarini bosib olgan isroilliklar, oʻtgan oy ishgʻol ostidagi Sharqiy Quddusdagi Masjidul-Aqsoga politsiya himoyasida 23 marta bosqin uyushtirdi. Shuningdek, Gʻarbiy Sohildagi Xebron shahrida joylashgan Ibrohim masjidiga ham bir necha bor bosqinlar uyushtirildi, Yusuf alayhissalom qabri boshida koʻngilxushliklar qilindi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 394 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bu yil Saudiya Arabistonida mamlakat tarixidagi eng katta va uzoq davom etgan xellouin kechalari tashkil qilindi. 2022 yildan boshlab Saudiyada rasman nishonlanadigan ushbu "shaytoniy marosim" butun dunyo musulmonlarining eʻʻtirozlarini yuzaga keltirdi. Tanqidchilar bu holat nafaqat musulmonlar qadriyatlariga yotligini, balki Gʻarb anʻʻanalarida mavjud boʻlgan oʻlim va nekrofiliya kulʻtini ommalashtirish ekanini aytishmoqda.
Rossiyaning Vladimir viloyatida maktablarda niqob va hijobga taqiq qoʻyilgani Z-patriotlar va Shimoliy Kavkaz respublikalari siyosatchilari oʻrtasidagi ziddiyatlarga sabab boʻldi. Rossiya Davlat Dumasi deputati, dogʻistonlik Biysulton Hamzaev Vladimir viloyatidagi amaldorlarni “ahmoqlar” deb atagan. Chechenistondan uning hamkasbi Adam Delimxanov Vladimir viloyati mahalliy amaldorlari bilan “muzokaralar” oʻtkazilayotganini maʻʻlum qilgan. Ushbu bayonotlar Z-patriotlarini gʻazablantirgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 393 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Sudanda vabo epidemiyasi oqibatida vafot etganlar soni 852 nafarga etdi. 3,4 million sudanlik bola xavf ostida. Shuningdek, mamlakatdagi fuqarolik urushi sababli 11 milliondan ortiq kishi qochqinga aylangan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 392 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Germaniya Frankfurt-na-Mayn, Gamburg va Myunxendagi Eron konsulxonalarini yopishga qaror qildi. Bunga Germaniya va Eronning ikki fuqaroligiga ega boʻlgan Jamshid Sharmahdning Eronda qatl etilishi sabab boʻldi. Tehronga koʻra, konsulxonalarni yopish qarori Eron fuqarolari uchun asossiz qiyinchiliklar tugʻdiradi va ularning asosiy huquqlarini buzadi.
EI asosiy huquqlar agentligi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, mintaqada yashovchi qariyb har ikki musulmondan biri irqchilik va kamsitish holatlariga duch kelmoqda. Ayniqsa Evropada tugʻilgan yosh musulmonlar va islomiy libosda yuruvchi ayollar koʻproq irqchilik va kamsitish qurboniga aylanishmoqda.