Shimoliy Koreya uchirgan navbatdagi qitʻʻalararo ballistik raketa rekord darajadagi 7000 km balandlikka koʻtarildi. U 86 daqiqa parvoz qilib, yarim orol sharqidagi Shimoliy Koreya hududiy suvlariga tushdi. Yangi muvaffaqiyatli parvoz AQSh va Janubiy Koreyani ayniqsa KXDR va Rossiya oʻrtasidagi harbiy hamkorlik kuchaygan sharoitda xavotirga solmoqda.
Tojikistonda “axloqiy va madaniy meʻʻyorlariga toʻgʻri kelmagani sababli” mashhur Grand Theft Auto (GTA) va Counter-Strike oʻyinlari taqiqlandi. Cheklovlar kompʻyuter klublari va oʻyin markazlariga tegishli boʻlib, qaror ijrosini taʻʻminlash maqsadida respublika boʻylab reydlar oʻtkaziladi.
Germaniya IIV maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilning 9 oyida Germaniya fuqaroligi uchun Isroildan 18 448 ta ariza kelib tushgan. 2023 yilda bu koʻrsatkich 9 178, 2022 yilda esa 5 705 tani tashkil etgan. Isroildan tashqarida yashovchi va fuqarolikka murojaat qilgan isroilliklar bu statistik maʻʻlumotlarga kirmaydi.
Netflix platformasi Falastin hayotiga bagʻishlangan filʻmlar boʻlimidagi 30 dan ziyod asarni oʻchirib yubordi. Oʻqirilganlar orasida May Masrining qochqinlar lageridagi hayot tasvirlangan "Shatilaning bolalari" va Basil Xalilning isroillik koʻchmanchi oilaga yordam berayotgan falastinlik rohibalar haqidagi "Ave Mariya" satirik qisqa metrajli filʻmi mavjud.
AQShning 13 shtatidagi McDonald's restoranlarida tayyorlangan gamburgerlarda aniqlangan E.Coli bakteriyasi tufayli kasallanganlar soni 90 nafarga etgani maʻʻlum qilindi. Kasallikka chalingan bir kishi vafot etgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 391 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rossiyaning tungi vaqtda 8 ta X-59/69 rusumli raketa, 2 ta Iskandar-M ballistik raketasi va 43 ta «Shahed» tipidagi uchuvchisiz uchoqlar yordamida Ukraina hududiga hujum qildi. Raketalardan biri Xarʻkovdagi koʻp qavatli uyga urildi, natijada bir bola halok boʻldi, 34 kishi jarohatlandi.
Ispaniyada 1973 yildan beri halokatli tabiiy ofat sodir boʻldi – kuchli yogʻingarchiliklar sababli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 95 kishi halok boʻldi. Valensiya avtonom hamjamiyati eng koʻp jabr koʻrdi, u erda 92 kishi hayotdan koʻz yumdi. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ashaddiy sionist milliarder boshchiligidagi "Tinchlik uchun faktlar" harakati HAMASni nafaqat Isroil, balki AQShning ham dushmani sifatida koʻrsatishga qaratilgan fitnani avj oldirish uchun millionlab dollar toʻplamoqda. Kampaniya doirasida birgina Facebook va Instagram’dagi Falastinga qarshi yolgʻon axborotlarni reklama qilishga 370 ming dollardan ziyod pul sarflangan.
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Falastinda davom etayotgan mojarodan xavotirda boʻlgan musulmonlarga respublikachi nomzod Donalʻd Trampga ishonmaslikni maslahat berib, Tramp 2017 yilda musulmon davlatlaridan migratsiyaga qoʻyilgan qatʻʻiy cheklovlarni eslatib oʻtdi.