Isroil mudofaa kuchlari “Eron rejimining Isroil davlatiga bir necha oydan beri davom etayotgan hujumlariga javoban” shanbaga oʻtar kechasi harbiy samolyotlar yordamida Eron va Suriyadagi bir qancha harbiy nishonlarga zarbalar berdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 385 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Frantsiyada musulmon faol mamlakat hukumatini islomofobiyaga berilib ketganlikda ochiq tanqid qilgani uchun sudga tortildi. Ilʻyas D’Imzalen «Intifada» (Isroilga qarshilik) atamasini omma oldida ishlatgani va sionizmni tanqid qilgani uchun 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatiga bostirib kirgan Ukraina Qurolli kuchlarining ayrim boʻlinmalari qurshovga olingani va yoʻq qilinayotganini bildirdi. Bundan tashqari, u Rossiya armiyasi Ukrainadagi butun front chizigʻi boʻylab oldinga siljishda davom etayotganini taʻʻkidladi. Ukraina tomoni hozircha uning bayonotlariga munosabat bildirgani yoʻq.
Chechenistonda nomaʻʻlum shaxslar Rossiya gvardiyasi karvoniga hujum qildi. Rosgvardiya matbuot xizmati bir harbiyning halok boʻlgani, bir xizmatchi yaralanganini maʻʻlum qildi. Hujum qilganlar yashiringan.
BRIKS – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika hamda yangi besh aʻʻzodan iborat norasmiy guruh boʻlib, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning global tartibotdagi taʻʻsirini oshirishga intilmoqda. Xoʻsh, BRIKSning ahamiyati, tarixi, vazifalari qanday? BRIKS valyutasi dollarning oʻrnini bosa oladimi? Bu tashkilotni kelajakda nimalar kutib turibdi – tahliliy maqola.
Rossiyada mehnat muhojirlari soni qisqarishi natijasida nogiron va keksalarga qarovchi mutaxassislar etishmovchiligi ortgan. "Mahalliy aholi - moskvaliklar yoki Rossiyaning boshqa mintaqalaridan kelganlar aylanib oʻtishni maʻʻqul koʻradigan vakansiyalarga koʻpincha mehnat muhojirlari talabgor boʻlishadi ", deydi Moskvadagi «Vremya zaboty» patronaj markazi rahbari Natalʻya Glazova.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 384 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Xitoy xalqaro va mintaqaviy vaziyat oʻzgarishidan qatʻʻi nazar, Eron bilan doʻstona hamkorlikni izchil rivojlantiradi. Bu haqda XXR raisi Si Tszinʻpin Qozonda boʻlib oʻtayotgan BRIKS 16-sammiti doirasida Eron prezidenti Masud Pezeshkian bilan uchrashuvda aytib oʻtdi
Nigeriyada 17 oy ichida 23 mingdan ortiq boʻgʻma holatlari aniqlanib, kasallikdan 1200 dan ortiq odam vafot etdi. JSST avvalroq mamlakatda boʻgʻma (difteriya) epidemiyasining ikkinchi toʻlqini kuzatilayotganini eʻʻlon qilgan edi.