Britaniyalik ashaddiy islomofob Tommi Robinson suriyalik muhojirga qarshi tuhmat ishi boʻyicha sudda yutqazganidan soʻng sud taqiqini qayta-qayta buzgani uchun 18 oyga qamaldi.
Rossiya qoʻshinlari Ukrainaning Gornyak shahrini egalladi. Ushbu shahar Pokrovsk yoʻnalishida harakatlanish uchun strategik ahamiyatga ega. Shuningdek, Donetsk viloyatidagi Selidovo, Bogoyavlenka, Novoukrainka, shuningdek, Shaxtyorskiy va Novoalekseevka yaqinidagi hududlar ham Rossiya nazoratiga oʻtdi.
Isroil qamaldagi Gʻazo sektorida ikki kunlik oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi Misr taklifini qabul qilishdan bosh tortdi. Ushbu tashabbusni hukumatdagi koʻplab vazirlar qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa-da, bosh vazir Benyamin Netanyaxu qarshi chiqdi. U muzokaralar Gʻazoga hujumlar bilan birga davom etishini talab qilmoqda.
Vladimir viloyati Rossiyada birinchi boʻlib maktablarda hijob va niqobni butunlay taqiqladi. Ushbu qaror Rossiya “cherkov davlatdan, jumladan, taʻʻlim tizimidan ajratilgan dunyoviy davlat” ekanligi bilan bogʻliq ekani bahona qilindi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 388 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQShning Michigan shtatida istiqomat qiluvchi musulmon guruhlari prezidentlik saylovida Donalʻd Trampni qoʻllab-quvvatlashlarini maʻʻlum qildi. "Musulmonlar sifatida biz prezident Trampni qoʻllab-quvvatlaymiz, chunki u Yaqin Sharq va Ukrainada tinchlik oʻrnatishga vaʻʻda qilmoqda", - dedi musulmonlar vakili.
Hizbulloh Isroil shimolidagi 25 ta aholi manziliga oʻrnashgan yahudiy koʻchmanchilarga uy-joylarini tark etishlarini buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Quddus Islom kengashi Isroil musulmonlarning eng muqaddas qadamjolaridan biri boʻlgan Al-Aqso masjidiga oid status-kvoni oʻzgartirish rejalaridan jiddiy xavotir bildirdi. Kengash bayonotiga koʻra, Isroil hukumati yahudiy koʻchmanchilarga bu muqaddas qadamjoga koʻproq huquq va kirish huquqini berish niyatida.
Evropa Ittifoqi Afgʻonistonda sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun 31 mln evro ajratilishini eʻʻlon qildi. Ushbu mablagʻlarning 16 mln evrosi JSST, 15 mln evrosi esa BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 386 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar