Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Kirill Budanov Shimoliy Koreya qoʻshinlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyada tayyorgarlikdan oʻtayotgani haqidagi maʻʻlumotni tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Shimoliy Koreyaning 11 mingga yaqin piyoda askarlari Rossiya sharqida tayyorgarlikdan oʻtmoqda va ular 1 noyabrdayoq jangovar harakatlarga tayyor boʻlishadi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 378 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Isroil HAMASning yangi rahbari Yahyo Sinvar Gʻazo sektoriga berilgan navbatdagi zarbalar chogʻida oʻldirilganini iddao qilmoqda. Harakat hozircha ushbu xabarni tasdiqlagani yoʻq.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 377 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Eron armiyasi Eron-Pokiston chegarasini noqonuniy kesib oʻtmoqchi boʻlgan afgʻonistonlik muhojirlarga qarata oʻq uzgani, eng kamida 250 kishi hayotdan koʻz yumgani aytilmoqda. Afgʻoniston muvaqqat hukumati holat yuzasidan tergov boshladi.
Hindistonning Karnataka shtati sudi masjid ichida hinduizm dinining “Jay Shri Ram” shiorini hayqirib aytgan ikki radikal hinduga nisbatan ochilgan jinoyat ishini bekor qildi. Sud bunday xatti-harakat amaldagi qonunchilikka zid emasligini va masjidga ibodat qilish uchun kelgan dindorlarning his-tuygʻularini ranjitmasligini "aniqladi".
28 sentyabrʻ kuni Livanning “Hizbulloh” harakati etakchisi Sayyid Hasan Nasrulloh oʻldirilgani eʻʻlon qilindi. Mazkur xabar ostiga oʻz izohini qoldirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri esa “Bugungi kunda mazhablar erib ulgurdi. Biz uchun faqatgina ikki yoʻl qoldi: yo qarshilik aʻʻzosi boʻlamiz yoki sionist, vassalom!” deb yozdi misrlik yozuvchi va jurnalist Fahmi Huvaydi maqolasidan.
Joriy yilning mart oyidan beri Yamanda avj olgan vabo epidemiyasidan 720 dan ortiq odam halok boʻldi. Mamlakat boʻylab 203 mingdan ortiq kasallik holati qayd etilgan. JSST maʻʻlumotlariga koʻra, Yamandagi sogʻliqni saqlash muassasalarining atigi 51 foizi toʻliq ishlamoqda, 36 foizi esa cheklangan xizmatlarni taqdim etyapti.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 376 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Tojikiston Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Umid Bobozoda rossiyalik hamkasbi Tatʻyana Moskalʻkovaga Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarning huquqlari poymol etilayotgani yuzasidan xavotir bildirilgan talabnoma yubordi. U Rossiyada noqonuniy muhojirlarga qarshi reyslarda mamlakati fuqarolariga nisbatan qoʻpollik, kaltaklash, haqorat kabi taqiqlangan usullar qoʻllanilayotganiga norozilik bildirdi.