AQSh Suriyaning “Hayъat Tahrir ash-Shom” (HTSh) guruhini xorijiy terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqarishini maъlum qildi. Guruh Suriyada 54 yil hukmronlik qilgan Asad rejimini agʻdarib tashlagan isyonchilarga boshchilik qilgan. Uning rahbari Ahmad Ash-Sharъ esa endi mamlakatning vaqtinchalik prezidenti hisoblanadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan transport vazirligi rahbari lavozimidan olingan 53 yoshli Starovoytning jasadi Odinsovo shahar okrugi hududidan topildi. Starovoyt halok boʻlgan joyda unga mukofot sifatida berilgan toʻpponcha ham boʻlgan. U aynan Ichki ishlar vazirligi rahbariyatidan olgan qurol bilan oʻzini oʻzi otib oʻldirgani taxmin qilinmoqda.
Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi bosh kotibi Muhiddin al Qoradogʻiy Islom dunyosi rahbarlarini uygʻonishga chaqirdi: "Koʻz oʻngingizda ilk qiblangiz boy berilishiga rozimisiz? Xaritadan oʻchirilganidek, xotiralaringizdan ham oʻchirilishini xohlaysizmi? Ey hukumat rahbarlari! Agar Falastinni yolgʻiz qoldirsangiz, ummatning xorligini qabul qilsangiz, keyingi qurbon oʻzingiz boʻlasiz!"
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, "Ukrainadagi urushda ishtirok etish uchun 60 344 nafar jangchi yuborilgan". Huquq himoyachilari maъlumotlariga koʻra, Chechenistonda shartnomalarni imzolashga majburlash amaliyoti mavjud.
Yangi ishlab chiqilgan MAI Diagnostic Orchestrator (MAI-DxO) tizimi
Bosqinchi Isroilning "Mossad" razvedka xizmatidagi yuqori martabali yahudiy Mordxay Kedar Eronda fuqarolik urushini qoʻzgʻatib, fors davlatini zaiflashtirish haqida soʻz ochdi. U sionistlar Eron ichidagi turli etnik guruhlardan foydalanib, ularni qoʻzgʻatishi hamda fors davlatini osongina qulatishi mumkinligini taъkidlagan.
Sudan shifokorlari tarmogʻi maъlumotlariga koʻra, qamal ostidagi Al-Fasher shahrida bolalar oʻrtasida oʻlim holatlari keskin oshgan – joriy yilning yanvarь oyidan beri kamida 239 bola halok boʻlgan. Buning asosiy sababi: Tezkor harakat kuchlari (RSF) tomonidan shaharning qamal qilinishi, gumanitar inqiroz va xalqaro hamjamiyat tomonidan hech qanday yordam va eъtibor berilmayotganidir. Maъlumot uchun, 2021 yil oktyabridagi davlat toʻntarishidan keyin Sudanni generallardan tarkib topgan kengash boshqarmoqda va ularning asosiy ikkitasi oʻrtasida nizo kelib chiqqan.
Rossiya Afgʻoniston Islom Amirligini rasman tan olgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi. Rus diplomati Dmitriy Jirnovning aytishicha, Putin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taklifi bilan Afgʻoniston Islom Amirligini tan olishga qaror qilgan. Bu qaror esa "Rossiyaning Afgʻoniston bilan toʻlaqonli sheriklik oʻrnatishga boʻlgan intilishini namoyish etadi".
HAMAS oʻt ochishni toʻxtatishga tayyor ekanini bildirdi, faqat Gʻazo sektoridagi urush toʻliq tugatilishi kerak.
Sunъiy yoʻldoshdan olingan soʻnggi tasvirlar Eronning AQSh tomonidan bombardimon qilingan Fordo yadroviy boyitish zavodida ishlar davom etayotganini koʻrsatmoqda.