Tayvan hukumati mamlakat tarixidagi eng yirik “Xanьguan” nomli harbiy mashgʻulotlarni boshladi.
Mali xuntasi rahbari polkovnik Assimi Kol Goyta prezidentlik lavozimini saylovlarsiz besh yillik muddatga qayta-qayta egallash imkonini beradigan qonunni imzoladi.
Suriya hukumati va AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Suriya demokratik kuchlari (SDF) oʻrtasidagi soʻnggi muzokaralarda hech qanday natijaga erishilmadi. Jarayonga yaqin manbalarga koʻra, SDF AQSh vositachiligi va Frantsiyaning ishtirokiga qaramay, mart oyidagi kelishuvning asosiy bandlari boʻyicha yon berishdan bosh tortgan.
Viloyat gubernatori farmoniga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, endi taqiqlar: umumiy ovqatlanish (restoran, kafe, oshxona va h.k.), transport xizmatlari, mehmonxona va turar joylar xizmati, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish sohalarida amal qilmaydi. Bu qaror ish beruvchilarning kadrlar etishmovchiligi haqidagi murojaatlaridan soʻng qabul qilingan.
Ushbu suratda isroil askari Vladislav Sergienkoni koʻrib turibsiz. U 2024 yilda oʻz joniga qasd qilgan edi. Statistik tekshiruvlarga koʻra, bosqinchi isroil armiyasida oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylayotganlar soni 145 foizga oshgan. Aniqlanishicha, Gʻazoda jangovor harakatlarda qatnashgan askarlarning 12 foizida jiddiy psixologik buzilishlar kuzatilgan.
Arab davlatlari ligasi (ADL) bosh kotibi Ahmad Abu al-Gʻayt
Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) maъlumotlariga koʻra, faqat iyunь oyining oʻzida 256 mingdan ortiq afgʻon Erondan Afgʻonistonga qaytgan.
Uchrashuvdan soʻng Netanyaxu AQSh davlat rahbari bilan Gʻazoda garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha gaplashib olganini aytgan. Shuningdek, u HAMAS harakatining harbiy va siyosiy imkoniyatlarini yoʻq qilish rejasida qatъiyligini qoʻshimcha qilgan.
Xalqaro jinoiy sud (XJS) Afgʻonistondagi vaziyatni tergov qilish doirasida mamlakat oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda va Afgʻoniston bosh sudьyasi Abdulhakim Haqqoniyni hibsga olishga order berdi. Sudning iddao qilishicha Oxundzoda va Haqqoniy insoniyatga qarshi jinoyatlar, xususan, ayollar huquqlarining jiddiy buzilishida bosh-qosh boʻlgan.
Insoniyat tarixida birinchi marta Evropa fazo agentligi (ESA) Quyoshning janubiy qutbiga oid suratlarni jamoatchilikka taqdim etdi. Ushbu tasvirlar hatto olimlarni ham hayratga solgan. Suratlar Solar Orbiter – fazoviy apparatdagi uchta turli qurilma yordamida, quyoshdan taxminan 64 million kilometr uzoq masofadan olingan. Ular Quyoshning faolligi eng yuqori boʻlgan davrda tushirilgani aytilmoqda.