Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy "Isroil" va AQSh tomonidan uyushtirilgan hujumlarga qaramay fors davlatining yadroviy faoliyati toʻxtamasligini maъlum qildi.
Bugun, 24 iyunь kunidan boshlab Eron va Isroil oʻrtasida sulh kuchga kirdi. Bosqinchi "Isroil" rasmiylari ham oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilganini rasman tasdiqlagan.
AQSh harbiylari tomonidan Eron yadroviy obъektlariga zarba berilgach, Nьyu-Yorkda AQSh rahbari Donalьd Trampga qarshi namoyishlar boshlandi.
Rasmiy Islomobodga koʻra, aynan Amerika rahbarining harakatlari vaziyatning keskinlashuvini toʻxtatishga yordam bergan. Shu bois ham Pokiston hukumati Trampni 2026 yilgi tinchlik boʻyicha Nobelь mukofotiga rasman tavsiya etishga qaror qilgan.
Rossiya Afgʻoniston hukumati bilan mehnat migratsiyasini tubdan kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Tez orada Rossiya qurilish obъektlarida ishlayotgan afgʻonlar soni mingga etkaziladi.
The Wall Street Journal'ning yozishicha, "Isroil" kuniga 200 million dollargacha mablagʻni havo mudofaasiga sarflamoqda. Ham zarba berish, ham raketalarni qaytarish uchun ishlatiladigan oʻq-dorilar va samolyotlar ham xarajatlarni oshiradi. Vayron boʻlgan binolarni tiklashning oʻzi kamida 400 million dollarga tushishi kutilmoqda.
Faqat bundan keyin AQShda oʻqishni xohlaganlardan oʻzlari foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishga rozilik talab qilinadi. AQSh talabgorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tekshirib, ularda Amerika Qoʻshma Shtatlariga, uning hukumat tizimi, madaniyati, milliy qadriyatlari yoki institutlariga nisbatan tajovuzkor munosabat mavjud yoki yoʻqligini aniqlaydi.
Hindiston hukumati mamlakatdagi musulmonlarni noqonuniy ravishda Bangladeshga haydamoqda. “The Guardian”ning yozishicha, surgun qilinayotgan musulmonlarni Bangladesh tomoni qabul qilmayapti va ularni ortiga qaytarmoqda.
Tarixda birinchi marta aksar amerikaliklar oʻz yangiliklarini televizor yoki yangilik saytlari hamda ilovalar orqali emas, balki ijtimoiy tarmoqlardan olishini aytgan. Bu, ayniqsa, yoshlar orasida koʻp kuzatilgan: 35 yoshgaça boʻlgan amerikaliklarning yarmidan koʻpi ijtimoiy tarmoqlar ular uchun asosiy yangiliklar manbai ekanini maъlum qilgan.
Hindiston Pokistonga oqib oʻtadigan uchta daryoning “ortiqcha suvi”ni oʻzining Panjob, Xaryana va Rajastxan shtatlariga yoʻnaltirmoqchi. Buning uchun 113 kilometr uzunlikdagi kanal qurish ishlari olib borilmoqda.