Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini ado etgan va BAA orqali vataniga qaytishi kerak boʻlgan jami 150 nafarga yaqin rossiyalikdan iborat uch guruh Sharja reysini toʻrt kundan beri kutmoqda. Kechikishlarga isroilning Eronga qarshi agressiyasi fonida fors davlati havo hududining yopilishi sabab boʻlmoqda.
Eron yadroviy qurollarni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqish uchun harakatni boshladi. Rasmiy Tehron bu haqdagi qarorini Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ga ham bildirgan. Bu orqali fors davlati yadroviy qurol ishlab chiqarish yoʻlidagi birinchi qadamini tashladi.
isroil rejimining Gʻazoda qoʻllayotgan mezonlarini inobatga olsak, bu erdagi barcha odamlar "tirik qalqon" va "qonuniy nishon" hisoblanadi.
Pew tadqiqot markazi tomonidan eъlon qilingan yangi tadqiqotiga koʻra, Islom 2010 va 2020 yillar oraligʻida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan dinga aylandi va musulmonlar safiga qariyb 350 million kishi qoʻshildi.
AQSh Bagʻdoddagi elchixonasi xodimlari va ularning oila aъzolarini Eron bilan bogʻliq tahlikalar kuchaygani sababli evakuatsiya qilmoqda. Gʻarb nashrlarining yozishicha, isroil AQShni Eron yadroviy inshootlariga zarba berishga tayyorligi haqida rasman xabardor qilgan. Mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi AQSh va Eron oʻrtasidagi yadroviy dastur boʻyicha muzokaralarning muvaffaqiyatsizlikka uchragani bilan bogʻliqligi aytilmoqda.
Suriya turizm vazirligi jamoat plyajlariga tashrif buyuruvchilar – xoh sayyoh, xoh mahalliy aholi vakili boʻlishidan qatъiy nazar jamiyat his-tuygʻularini hisobga olishi shartligini maъlum qildi. Unga koʻra, plyaj va boshqa joylar oʻrtasida harakatlanayotganda ayollar choʻmilish kostyumlari ustidan yopinchiq yoki keng xalat kiyishi lozim. Erkaklarning ham jamoat joylarida ustki kiyimsiz yurishiga ruxsat berilmaydi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning maъlum qilishicha, Moskva Oʻzbekiston tomonidan taqdim etilgan nota mazmunini diqqat bilan oʻrganmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, bu murojaat mutasaddi idoralarga etkazilgan va hozirda barcha obъektiv maъlumotlar toʻplanib, belgilangan tartibda Toshkentga joʻnatiladi.
Eron hukumati itlarni koʻchada sayr qildirib yurish taqiqlangan shaharlar roʻyxatini kengaytirmoqda. Bunday taqiq allaqachon mamlakatning kamida 18 ta shahrida joriy etilgan.
Eron axborot va milliy xavfsizlik vaziri Ismoil Xatib mamlakat tarixidagi eng yirik maxfiy operatsiyalardan biri amalga oshirilganini maъlum qildi. Bu amaliyot natijasida isroil yadroviy dasturiga oid minglab maxfiy hujjatlar qoʻlga kiritilgan.
Rossiyaning Bryansk viloyati dumasi deputati va "Rossiya pravoslavnaya" harakati rahbari Mixail Ivanov yosh oilalarda tugʻilishni koʻpaytirish uchun tungi internetni cheklashni taklif qildi. Unga koʻra, internetga qaramlik Rossiya demografiyasiga tahdid solayotgan asosiy omillardan biridir. Shu bois, Ivanov yosh oilalar uchun internetdan foydalanishni kechki 23:00 dan 02:00 gacha cheklashni taklif qilgan.