Hindistonda mʻyanmalik rohinja qochqinlari deportatsiya xavfiga duch kelishmoqda. 8 mart kuni Hindiston shimoli-sharqidagi Manipur shtati hukumati rohinja qochqinlarini deportatsiya qilish haqida buyruq berdi. Shtat gubernatori Biren Singx ijtimoiy tarmoqlarda uning hukumati “Hindistonga noqonuniy kirgan” qochqinlarning sakkiz kishilik birinchi guruhi deportatsiya qilinishini bildirdi. Mʻyanma hukumati bu borada Hindiston bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgach, deportatsiya jarayoni toʻxtatildi. Biroq rohinjalar bu vaqtinchalik muammo, deb qoʻrqishmoqda.
Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll” kontsert zalida sodir boʻlgan teraktdan keyingi kunlarda Rossiya boʻylab begunoh tojik muhojirlari tahdidlar, ogʻzaki haqoratlar va huquq-tartibot idoralarining eʻʻtibori ortgan. Nafaqat tojikistonliklar, balki Markaziy Osiyo diasporasining boshqa vakillariga ham diskriminatsiya kuchaygan.
Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi chet ellik ishchilarni maqsadli, tashkiliy yollash uchun jamoat yuridik kompaniyasini yaratishni hamda uning mexanizmini rossiyalik ish beruvchilar foydasiga takomillashtirishni taklif qilmoqda.
AQSh elchixonasi Frantsiyada ham terakt xavfi kuchayganidan ogohlantirdi. Elchixona hujumlar “ozgina ogohlantirish” bilan amalga oshirilishi mumkinligini taʻʻkidlab, fuqarolar va sayyohlarni, ayniqsa, odamlar gavjum joylarda oʻta hushyor boʻlishga chaqirmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 173 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rossiyada soʻnggi oʻn yilliklardagi eng qonli teraktda ayblanayotgan toʻrt kishining qiynoqqa solingani aks etgan videolar keng tarqaldi, bu esa, tahlilchilarning fikricha, Rossiya davlati va rus jamiyatining ommaviy zoʻravonliklarga nisbatan toqatliligi kuchayib borayotganidan dalolatdir. “Qiynoq hodisa sifatida mavjud boʻlmasligi kerak. Politsiya va davlat bugun terroristni qiynoqqa soladi, bu usul maʻʻqullanganini koʻradi, ertaga esa faolni, jurnalistni, boshqa har qanday odamni qiynashadi. Ular boshqa yoʻlni bilishmaydi”, - deb yozdi faol va tergovchi jurnalist Ruslan Shaveddinov.
Insoniyat tarixidagi eng qonli terror tashkilotlaridan biri boʻlgan IShID oʻz xurujlarini asosan Turkiya, Eron, Afgʻoniston va Rossiya kabi davlatlarda amalga oshirmoqda. Biroq AQSh va Gʻarb mamlakatlarida uning qonli izlari koʻrinmaydi. Bu tasodifmi yoki...
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 172 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga binoan “Krokus Siti Xoll”dagi terakt boʻyicha jinoiy ish boʻyicha yana uch nafar ayblanuvchi – aka-uka Dilovar va Aminjon Islomovlar hamda ularning otasi Isroilni hibsga olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Fojia qurbonlari soni esa 139 nafarga, jabrlanganlar 361 nafarga etdi.
Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu BMT Xavfsizlik Kengashida Gʻazo boʻyicha rezolyutsiyaga veto qoʻymagani uchun AQShga delegatsiya yubormaslikka qaror qildi. Oʻz navbatida, Isroil BMT XK rezolyutsiyasiga qaramay, Gʻazodagi hujumlarini davom ettirishini bildirdi.