Meta kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmogʻiga “siyosiy kontent” sozlamasini kiritdi. Oʻzgarish "hukumatlar, saylovlar yoki odamlarning katta guruhiga va/yoki butun jamiyatga taʻʻsir qiladigan ijtimoiy muammolarga ishora qilishi mumkin boʻlgan" xabarlarga taʻʻsir qiladi. Siyosiy faollar, jumladan Falastin tarafdorlari platformani tsenzurada ayblamoqda.
BMT Xavfsizlik Kengashi 7 oktyabrdan buyon ilk bor Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu qaror faqat Ramazon oyida Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishiga qaramasdan, doimiy va barqaror sulhga olib kelishi mumkin.
Ramazon oyidan keksalar va imkoniyati cheklangan ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida Makka masjidi tomida golʻf mashinalarini qisqa muddatga ijaraga berish xizmati yoʻlga qoʻyildi. 10 kishiga moʻljallangan mashinalardan faqat tavof uchun foydalanish mumkin.
Nigeriyaning Kaduna shtatida 7 mart kuni oʻgʻirlab ketilgan 287 nafar maktab oʻquvchisi ozod qilindi. Ularni qaysi jinoiy guruh oʻgʻirlab ketilgani maʻʻlum emas, biroq mahalliy aholi ularning tovon puli olish uchun qaroqchilik qiluvchi sobiq chorvadorlar ekanini aytmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 171 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Isroil armiyasining Gʻazo sektori shimolida navbatda turgan gumanitar yordam olish uchun kutayotgan falastinliklarga bugungacha uyushtirgan zarbalari natijasida jami 560 kishi halok boʻldi, 1523 kishi tan jarohati oldi.
Moskva yaqinidagi Krokus Siti Xoll kontsert zali binosida terakt sodir etishda gumonlanayotgan barcha toʻrt terrorchi haqidagi tafsilotlar maʻʻlum boʻldi. Ularning barchasi Tojikiston fuqarolari.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 169 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Kanada hukumati parlament rezolyutsiyasiga qaramasdan, Isroilga harbiy mahsulotlarni eksport qilishda davom ettiradi. Kelgusida eksport butunlay toʻxtatilishi maʻʻlum qilindi.
Rossiya prezidentiga Krokus Siti Xolldagi teraktda ishtirok etganlikda gumonlanib 11 kishi, jumladan toʻrt terrorist qoʻlga olingani haqida maʻʻlumot berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilarning Tojikiston fuqarolari ekani haqidagi xabarlar tarqaldi. Oʻz navbatida, Tojikiston TIV ushbu xabarlarni “feyk” deb atadi. Terakt qurbonlari soni 93 nafarga etdi.