Nigerda hokimiyat tepasida turgan harbiylar Amerika kontingentining mamlakatda qolishiga imkon beruvchi kelishuvni bekor qildi. Muvaqqat hukumat vakili Amadu Abdramanning taʻʻkidlashicha, mamlakatga muzokaralar uchun kelgan AQSh delegatsiyasi diplomatik protokolga rioya etmagan, oʻzining tashrifi tafsilotini oldindan maʻʻlum qilmagan.
Gollivud yulduzi Uill Smit Ramazon oyida Qurʻʻoni karimni toʻliq oʻqib chiqqanini maʻʻlum qildi. “Oddiyligi meni hayratga soldi... Qurʻʻon oddiy va undagi hamma narsa oynadek ravshan... va uni oʻqib chiqqandan keyin qandaydir tushunmovchilikka borish juda qiyin”, — dedi u.
Rossiya prezidentligi uchun saylovlar boʻyicha protokollarning 80 foizini koʻrib chiqish natijalariga koʻra Putin 87,15 foiz ovoz toʻpladi.
Isroil delegatsiyasi Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini muhokama qilish uchun 18 mart kuni Qatar poytaxti Dohaga boradi. Delegatsiyaga Mossad razvedka xizmati rahbari Devid Barnea boshchilik qiladi.
Ukrainadan Rossiya hududlari dronlar, raketa hamda artilleriya tizimlari yordamida hujumlar davom etmoqda. Belgorod viloyatiga uyushtirilgan hujumlarda ikki kishi halok boʻldi, uch kishi jarohatlandi, 15 ta mashina yonib ketgan.
Gʻazodagi urush fonida Londonda islomofobiya holatlari kuchaymoqda. Fevralʻ oʻrtalaridan buyon shahardagi uchta masjidga hujum uyushtirildi, musulmonlar Ramazon oyini qoʻrquv va xavotir bilan qarshi oldi.
Evropa Ittifoqi Kengashi prezidenti Sharlʻ Mishelʻ birinchi boʻlib Putinni “tabrikladi”. “Rossiyadagi saylovlarda gʻalaba qozonadigan Vladimir Putinni oldindan tabriklayman, chunki Rossiyada muxolifat yoʻq, yoʻq, erkinlik, tanlov yoʻq.”, - deb yozdi u. Saylov jarayonida RF fuqarolari tomonidan byulletenlarni yoqish, “zelyonka quyish” kabi holatlar kuzatilmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 162 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
AQShning Gʻazoga nisbatan siyosatidan gʻazablangan musulmon etakchilar va siyosatchilar Chikagoda prezident Jo Bayden taklif qilgan yigʻilishda qatnashishdan bosh tortdi. Mamlakatdagi kamida 29 ta arab va musulmon tashkiloti hamda bir qancha jamoat faollari uchrashuvda qatnashishdan bosh tortgani aytilgan jamoaviy maktubni imzoladi.
THY Venesuela, Meksika, Kolumbiya, Kuba va Braziliyaga bormoqchi boʻlgan yoʻlovchilarni qoʻshimcha shartlar toʻgʻrisida ogohlantirdi. Unga koʻra, pasport va viza boʻlgan taqdirda ham, bagajsiz, mehmonxona band qilmagan va qaytish chiptasi boʻlmagan hamda birinma marta xorijga chiqayotgan yoʻlovchilar samolyot bortlariga chiqarilmaydi.