Suriyada fuqarolik urushi boshlanganiga 13 yil toʻldi. Bu muddat davomida 306 mingdan ziyod suriyalik halok boʻldi, 5 mln dan ortiq kishi qoʻshni davlatlardan boshpana topdi, 7 mln kishi esa ichki qochqinga aylandi. Ayni paytda 16,7 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj.
Zimbabve politsiyasi oʻzini «paygʻambar» va din etakchisi deb eʻʻlon qilgan Ismoil Chokurongerva hamda uning etti nafar sheriklarini jinoiy harakatlar, jumladan, voyaga etmaganlarga nisbatan zoʻravonlik uchun hibsga oldi.
Rossiyada prezidentlik saylovlari boshlandi, u mamlakat tarixida ilk bor uch kun - 15, 16 va 17 mart kunlari boʻlib oʻtadi. Saylov bosib olingan Qrimda va Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlarida - Donetsk, Lugansk, Zaporojʻe va Xerson viloyatlarida ham boʻlib oʻtadi.
"Inter Mayami"da oʻynayotgan Lionel Messi Saudiyaning “Sayar” kiyim-kechak brendi reklamasida rolʻ oʻynash uchun arab milliy libosida kiyindi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 161 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
Somali poytaxti Mogadishuda prezident majmuasi yaqinida joylashgan mehmonxonaga “Al-Shabab” terrorchilari hujum qildi. Portlash va otishmalarda bir qancha amaldor, deputat va jurnalistlar yaralandi. Halok boʻlganlar ham bor.
Rossiyada firibgarlar mamlakatdagi taniqli diniy arbob, “Ettinchi avlod” mahalliy musulmonlar diniy tashkiloti rahbari Alisher Juraevning ovozini sunʻʻiy intellekt yordamida soxtalashtirdi. Ular Juraevning katta miqdorda qarz soʻragan ovozini ommaviy tarqatishgan.
Yamanda kuzatilgan kuchli yogʻingarchiliklar tufayli 2 mln ichki qochqinlar yashayotgan 204 ta lagerga zarar etkazdi, 6,5 ming oila boshpanasiz qoldi. Ular oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechak va gigiena vositalariga muhtoj.
Britaniya Musulmonlar Kengashi (MBC) bosh kotibi Zara Muhammad mamlakat Mudofaa vazirligi tashkilot bilan 12 yillik aloqalarini tugatganini maʻʻlum qildi.