BP va BAA kompaniyasi Isroil bilan gaz kelishuvini toʻxtatdi
AQSh Davlat departamenti buyurtmasi asosida tayyorlangan hisobotda sunʻʻiy intellekt odamzodga tahdid solayotgani, eng yomon stsenariyda insoniyatning yoʻq boʻlib ketishiga sababchi boʻlishi aytilgan. Hisobotda uning xatarlarini kamaytirish boʻyicha choralar, jumladan, maxsus Federal agentlik tashkil etish, kuchli modellar tafsilotlarini ommaga oshkor qilishni taqiqlash va SI xavfsizligi boʻyicha tadqiqotlarni moliyalashtirish taklif qilindi.
2023 yilda Frantsiyada islomofobiya holatlari soni 57 foizga oshib, 828 ta hodisa qayd etildi. Jabrlanganlarning 81,5 foizini ayollar tashkil etmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 160 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohilida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
Sudan armiyasi jangarilar nazorati ostida boʻlgan Milliy teleradiokompaniyani ozod qildi. “Isyonchilarni mamlakat boʻylab har joyda taʻʻqib qilishda davom etamiz”, - dedi armiya generali Abdulfattoh al-Burxon. Mamlakatdagi toʻqnashuvlarda 13 mingdan ortiq inson halok boʻldi, 6 mln kishi uy-joylarini tashlab ketgan, 1,7 mln odam esa qoʻshni davlatlarga qochgan.
BMT xalqaro hamjamiyatdan 7 yil muqaddam Myanʻmadan qochib kelgan 1 millionga yaqin rohinja musulmonlari va ularni qabul qilgan Bangladesh hukumatiga yordam berish uchun 852,4 mln dollar ajratishni soʻradi.
Saudiya Arabistoni Diriya shahridagi madaniy meros obʻʻektiga kirishda kipasini echishdan bosh tortgan AQSh delegatsiyasi aʻʻzosi ravvin Avraam Kuperdan kechirim soʻradi. Delegatsiya ushbu hodisadan soʻng Qirolikka tashrifini muddatidan oldin tugatgan.
Shotlandiyada masjiddan qaytayotgan musulmon oʻsmirga pichoq bilan hujum qilindi. Bola tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, politsiya tergov harakatlarini olib borib, atrofdagi videokameralar yozuvlarini oʻrganmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz mamlakati harbiy-texnik nuqtai nazardan yadro urushiga tayyorligi, strategik yadroviy kuchlar doimo jangovar shay holatda ekanini taʻʻkidladi. U Ukrainaga qarshi taktik yadro qurollarini ishlatish ehtimoli haqidagi savolga: “Bunga hojat yoʻq”, deya javob berdi.
Financial Times Evropa Ittifoqi Misrga 2027 yil oxirigacha 7,4 mlrd dollar ajratishga tayyorligini xabar qildi. Evropalik siyosatchilar Gʻazodagi mojaro Misr iqtisodiyotini qiyin ahvolga tushirishi, Sudandagi kelishmovchiliklar esa Shimoiy Afrika mamlakatidan Oʻrta dengiz orqali EI davlatlariga qochqinlar oqimini keltirib chiqarishdan xavotirda.