Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi Isroil ishgʻoli natijasida Gʻazoda yana ikki bolaning ochlikdan oʻlganini maʻʻlum qildi. Shunday qilib, ochlik va suvsizlik natijasida halok boʻlgan gʻazolik bolalar soni 6 nafarga etdi. Isroil 23 yanvardan buyon Gʻazo shimoliga insonparvarlik yuklarini oʻtkazayotgani yoʻq.
Erta tongda Isroil kuchlari Gʻazo shahri janubidagi Reshid koʻchasidagi Nablusi chorrahasi yaqinida insonparvarlik yordamini kutayotgan falastinliklar olomoniga zarba berdi. Hujum oqibatida halok boʻlganlar soni 104 nafarga etdi, 760 kishi yaralangan. Shuningdek, sektorda yana 7 bola ochlikdan oʻldi va ular soni 13 nafarga etdi.
Isroilning Gʻazo sektori va Iordan daryosining gʻarbiy sohilida olib borayotgan urush jinoyatlari boshlanganiga 145 kun boʻldi. Kunning asosiy voqealari dayjesti.
Grozniy sudi Rossiyaning Volgograd viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Nikita Juravelni namoyishkorona Qurʻʻon yoqishda ayblab, 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Sudanuvchi aybini qisman tan oldi.
7 oktbyardan beri Isroil Gʻazoga 70 ming tonnadan ziyod ogʻirlikdagi bombalarni yogʻdirdi. Hujumlar davomida 500 dan ortiq masjid va cherkov, 300 dan ortiq universitet va maktab, 360 mingdan ortiq turar-joy binolari vayron boʻldi.
“Global janub” bilan munosabatlardagi muammolar Gʻarbning dunyodagi hukmronligi davri nihoyasiga etganini koʻrsatadi, deya maʻʻlum qildi EI bosh diplomati Xosep Borrel. Uning fikricha, Gʻarb, yaʻʻni AQSh va EIning Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikadagi taʻʻsiri kamayishidan Rossiya foyda koʻradi.
AQSh prezidenti Jo Bayden dushanba kuni Gʻazoda sulh kelasi haftagacha boshlanishiga umid bildirdi. Ushbu bayonot Qatardagi muzokaralar vaqtiga toʻgʻri keldi. Isroil esa HAMAS yoʻq qilinmaguncha urushni toʻxtatmasligini ochiq aytishda davom etmoqda. Ramazongacha Gʻazoda sulh tuziladimi?
AQSh Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi falastinliklarga oʻta zarur yordamlarni koʻrsatuvchi gumanitar dasturlarni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha 53 million dollar yordam beradi. Yangi paket mojaro vaqtida Gʻazoga etkazilgan Amerika yordamining umumiy miqdorini 180 million dollargacha oshiradi.
Xitoy 2024 yilda koinotga 300 dan ortiq sunʻʻiy yoʻldosh uchirishni rejalashtirmoqda. 100 ta uchirishdan 30 tasi xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Eron soʻnggi yillarda birinchi marta yadroviy qurol darajasidagi 60 foizgacha boyitilgan uran zaxirasini 128,3 kg dan 121,5 kg gacha qisqartirdi.