Afgʻonistonda soʻnggi 48 soat ichida kuchli qor yogʻishi, yomgʻir va ayoz oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi, yana ikki kishi jarohatlandi. Shimoliy Faryob viloyatida sovuq havo va qor tufayli ming boshga yaqin chorva nobud boʻldi.
Isroil Gʻazoda gumanitar yordam kutayotgan tinch aholi vakillarini qirgʻin qilishi butun dunyo boʻylab keskin munosabatlarga sabab boʻlmoqda. Ushbu hodisani BMT “dahshat”, AQSh “Jiddiy hodisa” deb atagan boʻlsa, Isroil gumanitar yordamga yopirilgan odamlarni bir-biri bilan janjallashib, yuk mashinasini talon-toroj qilganlikda aybladi – munosabatlar.
Saudiya Arabistoni barcha ziyoratchilarni Hajda noqonuniy ishtirok etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishi haqida ogohlantirdi. Unga koʻra, Haj ziyoratiga ruxsatsiz kelganlar – ham mahalliy aholi, ham xorijliklar - 2 oydan 6 oygacha qamoq jazosi va 50 ming Saudiya riyoli (13,33 ming dollar)gacha jarimaga tortilishi, chet elliklar 10 yilga deport qilinishi mumkin. Shuningdek, noqonuniy ziyorat tashkilotchilari va tashuvchilarga ham jazo choralari kuchaytirildi.
Shri-Lankada bepul turistik viza bilan noqonuniy biznes boshlagan rus va ukrainlarning ijtimoiy tarmoqlardagi “faqat oq tanlilar uchun” qabilida eʻʻlonlari noroziliklarni keltirib chiqardi. Buning ortidan barcha Ukrain va Rossiya fuqarolariga 8 martga qadar mamlakatni tark etish yoki viza uchun qayta murojaat qilish buyurildi.
Evropa Ittifoqi BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligini (YuNRVA) moliyalashtirish davom etadi va kelasi haftada 50 million evro ajratiladi. Isroilning YuNRVA xodimlari 7 oktyabrʻ kuni HAMASga yordam bergan haqidagi daʻʻvosi boʻyicha oʻrganish ishlari yakuniga etdi.
Tel-Aviv Gʻazo sektorini qayta tiklash masʻʻuliyatini Falastinning arab qoʻshnilari, xususan, BAA zimmasiga yuklamoqchi. Biroq mintaqadagi asosiy davlatlar, eksklav Isroil nazorati ostida qoladigan boʻlsa, mablagʻ ajratmasligi mumkin.
Iroq savdo vaziri Atr al-Gʻurariy rasmiy Bogʻdod iqtisodiy islohotlarni yakunlab, sarmoyaviy muhit yaxshilanganidan soʻng Jahon Savdo Tashkilotiga aʻʻzo boʻlish uchun zarur shartlar bajarilganini tasdiqladi. Mamlakat 2004 yilda JSTga yaʻʻzo boʻlish uchun ariza bergan edi.
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 147 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 146 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Shin Von-Sik Pxenʻyanni oziq-ovqat evaziga Rossiya uchun snaryadlar ishlab chiqarayotganlikda aybladi. Avgust oyidan beri Pxenʻyan Rossiyaga 3 milliondan ortiq artilleriya snaryadlarini sigʻdira oladigan 6700 ga yaqin konteyner joʻnatdi, dedi janubiy koreyalik vazir.