Pokistonning Balujiston viloyatida 8 fevralʻ, payshanba kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan parlament saylovlari arafasida nomzodlar kabinetlari oldida teraktlar uyushtirildi. Eng kamida 28 kishi halok boʻldi, 47 kishi jarohatlandi.
HAMAS qoʻlga olishlar, qamalni tugatish va urushdan keyingi tiklashni oʻz ichiga olgan uch bosqichli sulh taklifini qabul qildi. HAMAS shartlari
Gʻazoda HAMAS qoʻlida saqlanayotgan isroillik mahbuslarning 30 nafardan ortigʻi Isroil hujumlari natijasida halok boʻlgani tasdiqlandi, yana 20 nafarining oʻlimi toʻgʻrisidagi maʻʻlumotlar isbotini kutmoqda.
BMT Ukrainadagi urushning birinchi kunidan buyon Ukrainada 10382 kishi, jumladan 579 nafari bolalar halok boʻlganini, yana 19659 kishi, jumladan 1285 nafar bola jarohatlanganini maʻʻlum qildi.
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 124 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
AQSh Kongressining Vakillar palatasi Isroilga 17,6 milliard dollar yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Hujjat faqatgina Isroilga koʻmakni oʻz ichiga olgani, Ukraina, Gʻazo, Tayvan va janubiy chegara xavfsizligi masalalari kiritilmagani sababli qabul qilinmagan.
Isroilning falastinliklarni qirgʻin qilishini qoʻllab‑quvvatlaganlikda ayblanib, boytotga uchragan McDonald's oʻtgan chorakda soʻnggi toʻrt yil ichida birinchi marta savdo maqsadlariga erishmaganini maʻʻlum qildi. "Urush davom etar ekan, bu bozorlarda tiklanishni kutmaymiz", dedi McDonald's bosh direktori Kris Kempchinski.
Belʻgiya Isroilga porox eksport qiluvchi PB Clermont zavodiga berilgan litsenziyalarni vaqtincha toʻxtatdi. Bunga Xalqaro sudning 27 yanvardagi qarori va Gʻazo sektoridagi gumanitar vaziyat qabul qilib boʻlmaydigan darajada yomonlashgani sabab qilib koʻrsatildi.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir oʻgʻli Shuvalning ijtimoiy tarmoqda Jo Baydenni masxaralab yozgan posti uchun uzr soʻradi.
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 123 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.