AQShning Virjiniya shtatida Falastin tarafdori boʻlgan bir guruh faollar prezident Jo Baydenning saylovoldi tashviqoti nutqini bir necha bor toʻxtatib, ishgʻol ostidagi Gʻazo sektorida sodir etilayotgan “genotsidni moliyalashtirishni toʻxtatish”ni talab qilishdi.
Isroil HAMAS qoʻl ostidagi barcha mahbuslarni ozod qilish evaziga Gʻazo sektoriga hujumlarini 2 oyga toʻxtatishni taklif qildi. Biroq HAMAS ushbu taklifni rad etdi. Avvalroq harakat Rossiyaning ham RF fuqarolarini ozod qilish iltimosiga rad javobini bergan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning misrlik hamkasbi Abdulfattoh as-Sisi Misrdagi ilk AESning toʻrtinchi energobloki qurilishini boshlab berdi.
Germaniya politsiyasi 19 yanvarʻ bosniyaliklar diasporasi tomonidan qurilayotgan masjidga oʻt qoʻygan ikki nafar neonatsistni qoʻlga oldi. Yongʻin natijasida masjidning eshik va derazalari zarar koʻrgan.
Isroil bosqinchi armiyasi vakili kontr-admiral Daniel Xagariy kecha Gʻazo sektori markazida, chegaradagi Kissufim aholi punkti yaqinida 21 bosqinchining oʻlganini tan oldi. Bundan tashqari, Isroil samolyoti oʻz tankini ichidagilari bilan birga portlatib yubordi.
Eronda 2022 yilda 22 yoshli Mahsa Amini politsiya boʻlimida oʻldirilgani ortidan mamlakatni qamrab olgan namoyishlar ishtirokchisiga nisbatan oʻlim jazosi ijro etildi. 24 yoshli Muhammad Qubadlu Tehronda bir kishining oʻlimi va besh nafar huquq-tartibot organi xodimini jarohatlaganlikda aybdor deb topildi.
Hindistonda hozirgi bosh vazir Narendra Modining ham ishtirokida hindu radikallari tomonidan buzib tashlangan qadimgi Babri masjidi oʻrnida qurilgan Ram Mandir hindu ibodatxonasining ochilishi mahalliy musulmonlarda gʻazab uygʻotdi.
Isroilning Haaretz gazetasi Tel-Aviv sharqida joylashgan Petax-Tikva shahridagi Itsxak Shamir oʻrta maktabida tarix fanidan dars bergan Meir Baruchin ijtimoiy tarmoqlarda Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi harakatlarini qoralagani sababli oʻz oʻquvchilari hamda mamlakat hukumati tomonidan bosimga uchraganini maʻʻlum qildi. U avval ishdan boʻshatilib, soʻng 15 sutkaga uy qamogʻiga mahkum qilingan. Oʻquvchilari esa uni haqoratlab, saratonga chalinishini tilagan.
HAMAS tomonidan asirga olingan isroilliklarning yaqinlari Isroil parlamenti – Knessetga bostirib kirib, deputatlardan Gʻazodagi mahbuslar ozod etilishi uchun koʻproq choralar koʻrilishini talab qilishdi.
Amerika harbiylari Aden koʻrfazida sirli sharoitda halok boʻlgan harbiy dengiz kuchlari askarlari oʻlim tafsilotlarini aniqlashga harakat qilmoqda. Ular Erondan qurol tashilayotgani taxmin qilingan kemani tekshirishga yuborilgan edi.