Makka mintaqasidagi eng yirik va Saudiya Qirolligidagi eng qadimgi bogʻlardan biri – “Saisad Taif”da choʻllanishga qarshi 150 ming tup daraxt ekildi. Koʻkalamzorlashtirish tadbirlari Saudiya Yashil tashabbusi maqsadlaridan biri boʻlgan 10 mlrd daraxt ekish milliy dasturining bir qismi hisoblanadi.
Afgʻoniston hududida Gaya (Hindiston) – Toshkent (Oʻzbekiston) – Jukovskiy (Rossiya) yoʻnalishi boʻyicha uchgan charter tez yordam reysi halokatga uchradi. Bortidagi 6 kishining halok boʻlgani aytilmoqda.
Pokiston va Eron bir-birlarining hududlaridagi “terroristlar obʻʻektlari”ga havo hujumlarini uyushtirganidan soʻng vaziyatni yumshatish va yarashib olishga qaror qildi. Har ikki tomondan 11 tinch aholi vakili, jumladan, 3 ayol va 6 bola halok boʻlgani bildirildi...
Rossiya Mudofaa vazirligi 13 yanvardan 19 yanvargacha RF Qurolli Kuchlari Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga yuqori aniqlikdagi qurollar, shu jumladan “Kinjal” tizimlari bilan 17 ta guruh zarbalari berilganini maʻʻlum qildi.
Afrikadagi Burkina-Faso davlatida prezident Ibrohim Traoreni hokimiyatdan agʻdarmoqchi boʻlgan jinoiy toʻda qoʻlga olindi. Ibrohim Traorening oʻzi 2022 yil sentyabrida polkovnik Pol-Anri Sandaogo Damibani, Damiba esa yanvarʻ oyida prezident Roch Mark Kristian Kaboreni agʻdarib, hokimiyatni egallagan edi.
Husiylar Adan koʻrfazidagi AQSh kemasiga qanotli raketalarni uchirgani va uni “yuqori aniqlik” bilan urganini maʻʻlum qildi.
Isroil tomonidan Gʻazo sektorini bombardimon qilish boshlanganiga 105 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu AQSh maʻʻmuriyatiga har qanday koʻrinishdagi Falastin davlati tashkil etilishiga qarshi ekanligini aytdi. “Netanyaxudan keyingi kun. Koʻpchilik Isroil fuqarolari uchun bu keyingi kun. 30 yil davomida men doimiy ravishda bir narsani aytdim: bu mojaro davlatning yoʻqligi haqida emas, balki uning mavjudligi haqidadir”, - dedi u.
Avstraliyaning Melʻburn shahridagi Meadow Heights masjidida 30 nafar avstraliyalik ayol gʻozoliklarning Isroil qirgʻinbaroti oldidagi matonatidan taʻʻsirlanib, Islomni qabul qildi. Ular Falastin xalqiga hamdardligi orqali Islomga aloqadorligini his etgan va oxir-oqibat ushbu dinga oʻtishga qaror qilishgan.
Indoneziya poytaxtni aholi gavjum boʻlgan Jakartadan Borneo oroliga koʻchirishni rejalashtirmoqda. 2045 yilgacha qurib bitkazilishi kutilayotgan Nusantara shahridagi ilk masjidning tamal toshi qoʻyildi.