AQSh va Buyuk Britaniya jangovar samolyotlar va “Tomagavk” raketalari yordamida Yamandagi “ Ansorulloh” (husiylar” harakatining kamida 12 nishoniga zarba berdi. Oʻz navbatida, husiylar dushman kema va harbiy inshootlariga javob zarbalari berganini maʻʻlum qildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha maʻʻlumot yoʻq.
Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu 7 oktyabrʻdan soʻng Isroilga kirishi taqiqlangan Gʻarbiy Sohildagi falastinliklarga ishsizlik nafaqasini toʻlashni soʻrab BAAga murojaat qildi. BAA rahbari esa unga pulni Zelenskiydan soʻrashni tavsiya qildi.
Isroil Gʻazodagi nasroniylarning mavjudligiga genotsidning bir qismi sifatida barham berayotgan ekan, Gʻarb etakchilari buni eʻʻtiborsiz qoldirmoqda.
BMT Xalqaro sudida Isroilning falastin xalqiga nisbatan qatliomi boʻyicha JAR daʻʻvosini koʻrib chiqish boshlandi. Sud majlislarida Xalqaro sud raisi Joan Donoxue, JARlik sudʻya Diggang Ernest Mosenek, isroillik sudʻya Aaron Barak ishtirok etadi.
BMT Xavfsizlik Kengashi husiylarning Qizil dengizdagi hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.
Ekvadorda "Los Choneros" narkoterroristik guruh rahbari, Fito laqabli Adolʻfo Masiyas Guayakilʻ shahridagi qamoqxonadan qochganidan soʻng mamlakatda qurolli tartibsizliklar boshlanib ketdi - toʻda aʻʻzolari avtomobilʻ va avtobuslarga oʻt qoʻydi, Guayakilda portlashlar sodir boʻldi. Koʻplab xavfsizlik kuchlari xodimlari oʻgʻirlab ketildi. – Ekvadorda nimalar boʻlmoqda?
Livanda Hizbulloh bilan keskinlik kuchaygani ortidan Isroil SSV mamlakat shimolidagi kasalxonalarga minglab yaradorlarni qabul qilishga tayyor turishni topshirdi.
7 oktyabrdan buyon ishgʻol ostidagi Gʻazoda Isroil hujumlari oqibatida 23 mingdan ziyod kishi qurbon boʻldi, 58 mingdan ziyod kishi jarohatlandi.
Ushbu doktrina muallifi, sionist general Gadi Ayzenkotning fikricha, sionist xavfsizlik kuchlariga qarata oʻq uzgan har qanday aholi punkti yoʻq qilinishi kerak. Bu ommaviy qotillik va genotsidlar dushmanning qarshilik koʻrsatish irodasini falaj qilishi, uzoq davom etadigan urushning oldini olish uchun amalga oshiriladi.
AQSh prezidentligiga nomzod Donalʻd Tamp ayovalik saylovchilar bilan uchrashuvda agar lavozimga tayinlansa, dunyoda kuch bilan tinchlik oʻrnatishga vaʻʻda berdi. Tramp nomzodlar orasidan oʻzigina uchinchi jahon urushining oldini olishi mumkinligini ham taʻʻkidladi.