Sionistlar Gʻazoda qatliom boshlaganiga 100 kun toʻldi. 100 kundirki butun Islom olamining bagʻri qon, chin moʻminlarning na eganida xalovat bor, na ichganida. Bu ogʻriqlar ortiq din va millat chegaralaridan oshdi. Hozir dunyoning juda koʻp nuqtalarida Gʻazodagi qatliomni toʻxtatishni talab qilgan namoyishlar boʻlmoqda. Sabr va toqatning oxiri koʻrinib qoldi...
Tayvanda Xitoydan mustaqillik va AQShga yaqinlashish tarafdori Lay Tsinde prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi.
The Guardian nashri Gʻazoga hujumlarida Isroilni qoʻllab-quvvatlayotgan AQSh Kongressining baʻʻzi aʻʻzolariga Isroil lobbilari tomonidan xayriya yordami koʻrinishida pul mablagʻlari berilganini aniqladi.
Qizil dengizda husiylar bilan bogʻliq vaziyat tufayli Tesla va Volvo Car Evropada ishlab chiqarishni vaqtinchalik toʻxtatishga qaror qildi. Global taʻʻminot zanjiriga Panama kanali sathining pasayishi ham taʻʻsir koʻrsatmoqda.
7 oktyabrdan buyon ishgʻol ostidagi Gʻazo sektorida Isroilning eng kamida 4 ming harbiy xizmatchisi nogiron boʻlib qoldi, ular soni 30 ming nafarga etishi mumkin, deb yozmoqda yahudiy matbuoti.
Gollandiya matbuoti 2008 yilda gollandiyalik 36 yoshli Erik van Sabben qanday qilib AQSh va Isroilning Eron yadro dasturiga uyushtirgan sabotaji ishtirokchisiga aylangani boʻyicha surishtiruv oʻtkazdi. Jurnalistik surishtiruvda Erik van Sabbenning maxsus dasturiy taʻʻminotga mashhur Stuxnet virusini kiritib, Eron yadro dasturiga juda katta zarar etkazgani, biroq oradan koʻp oʻtmay avtoavariyada halok boʻlganini aniqladi.
AQSh prezidenti Jo Baydenning Yamandagi husiylar harbiy obʻʻektlarini nishonga olishga ruxsat bergani Demokratik partiya aʻʻzolarining tanqidlariga sabab boʻldi. U “Kongress roziligisiz Yamanga havo hujumlari uyushtirish” orqali AQSh Konstitutsiyasining 1-moddasini buzganlikda ayblanmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin prokuratura organlari xodimlariga mamlakatda jinoyatchilik va ekstemizmga qarshi kurashishni kuchaytirishni topshirdi. “Jinoyatchilik va ekstremizm, korruptsiya va byudjet mablagʻlarini notoʻgʻri ishlatishga qarshi kurashda saʻʻy-harakatlarni kuchaytirish kerak. Aksilrossiya sanktsiyalari sharoitida inqirozga qarshi choralar doirasida iqtisodiy sohadagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishga alohida eʻʻtibor qaratish lozim”, — dedi Putin.
Save the Children xalqaro tashkiloti 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Gʻazodagi 1,1 mln voyaga etmagan bolalarning 1 foizi - 10 ming nafardan ziyodi Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Tashkilot qirgʻinlardan omon qolgan bolalar ham taʻʻriflab boʻlmas dahshatlarga dch kelayotgani, tanalari va ruhiyatlarida butun umrlik jarohatlar olayotganini bildirdi.
Isroillik yozuvchi va siyosatchi Avi Lipkin Makka, Madina va Sinay togʻi bosib olinganidan soʻng Isroil chegaralari Livandan Saudiya Arabistonigacha choʻzilishini aytdi.