Misr hukumati falastinliklarga yordam sifatida mahalliy faollar tomonidan tashkil etilgan "Sumud" gumanitar flotiliyasining joʻnatilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Sionist hukumat AQShdagi Z avlodi orasida oʻzining ijobiy imijini shakllantirish va ChatGPT kabi sunъiy intellekt modellariga taъsir oʻtkazish maqsadida Amerikaning Clock Tower X LLC firmasi bilan 6 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Eron oliy rahnamosining bosh harbiy maslahatchisi general-leytenant Yahyo Rahim Safaviy fors davlati ham Saudiya Arabistoni va Pokiston oʻrtasida tuzilgan mudofaa paktiga qoʻshilishi kerakligini bildirdi.
Reuters agentligining xabar berishicha, yoshlar uchinchi kundirki tibbiyot va taъlim sohasidagi korruptsiya bilan bogʻliq muammolarni hal etish talabi bilan koʻchalarga chiqishmoqda. Aktsiyalar asosan Rabot, Kasablanka, Agadir, Tanjer va Ujda shaharlarida boʻlib oʻtmoqda.
Misr mudofaa vaziri Qohira Mogadisho bilan harbiy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Afrika ittifoqining Somalida barqarorlikni taъminlash missiyasi (AUSSOM) tarkibidagi Misr harbiylari yaqin vaqt ichida Somaliga yuborilishini tasdiqlagan.
Sudan Tribune maъlumotlariga koʻra, BAA tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Tezkor harakat kuchlari (RSF) Shimoliy Darfur va uning atrofidagi hududlarga yirik hujum boshlashni rejalashtirmoqda.
AQSh davlat kotibi Marko Rubioning maъlum qilishicha, “Tolibon” 2024 yilning dekabridan beri Afgʻoniston qamoqxonasida saqlanayotgan amerikalik – Amir Amiriyni ozod qilgan. Rubio shu munosabat bilan koʻrsatgan yordami uchun Qatarga minnatdorlik bildirgan.
Kobulda Rossiya elchisi Dmitriy Jirnov Afgʻoniston Islom Amirligi tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy bilan uchrashdi.
AQSh prezidenti Donald Trampning Gʻazo urushiga yakun yasashga qaratilgan rejalari eъlon qilindi. Al Hadath telekanalining xabar berishicha, hujjatga binoan AQSh bosqinchi isroilning Gʻarbiy Sohilni annektsiya qilishiga yoʻl qoʻymaslik majburiyatini ham olgan.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroning vizasi bekor qilindi. Qayd qilinishicha, Petro Nьyu-York shahrida "falastinparastlar namoyishida" nutq soʻzlab, AQSh harbiylarini prezident Donald Tramp buyruqlariga boʻysunmaslikka chaqirgan.