Suriya prezidenti Ahmad Ash-Sharъning 24 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida soʻzlagan nutqi ramziy jihatdan katta ahamiyat kasb etdi. Kuni kecha AQSh tomonidan boshiga 10 million dollar mukofot qoʻyilgan shaxs sifatida BMT minbaridan dunyoga xitob qilishi va tashrif doirasida koʻplab davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi, Suriyada dekabrь oyidan beri kechayotgan ulkan oʻzgarishlarni namoyon etuvchi voqea boʻldi.
Starbucks Shimoliy Amerikada samarasiz ishlayotgan qahvaxonalarini yopadi va 900 ta ish oʻrnini qisqartiradi.
Shimoliy Kipr Konstitutsiyaviy sudi Vazirlar Mahkamasining qizlarning hijobda maktabga borishiga ruxsat beruvchi qarorini bekor qilgan.
BMTning Qochqinlar boʻyicha agentligining maъlum qilishicha, Bashar Asad rejimi agʻdarilganidan keyin xorijdan bir million suriyalik qochqin oʻz vataniga qaytgan.
2023 yilning oktyabr oyidan beri Gʻazoning sion-fashist kuchlari tomonidan oʻqqa tutilishi va portlatilishi oqibatida kamida 65 502 kishi, asosan ayollar va bolalar halok boʻldi. 167 367 nafar aholi yaralangan.
Italiya va Ispaniya davlatlari bosqinchi isroilning Gʻazodagi qamalini yorib oʻtish maqsadida yoʻlga chiqqan Xalqaro "Matonat" flotiliyasini qoʻllab-quvvatlash uchun harbiy kemalarini yubordi.
Eron razvedka vaziri Ismoil Xotib
Bosqinchi isroil bilan urush qayta boshlanishi mumkin boʻlgan bir sharoitda fors davlati uchun raketa dasturini qayta tiklash hayotiy ahamiyatga ega, deyiladi xabarda. Chunki raketalar mamlakat uchun eng asosiy tiyib turish vositasi hisoblanadi.
Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъ Evropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Evropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralar oʻtkazdi.
BMT tadbirida, shuningdek Lyuksemburg, Malьta, Monako va Belgiya ham Falastin davlatini tan oldi. Kanada, Britaniya, Portugaliya va Avstraliya 2 kun oldin Falastinni tan olgandi.