Bu hafta oʻz ishini boshlagan 82-Venetsiya kinofestivalida ham Gʻazo mavzusi asosiy oʻrinni egalladi. Eng kutilgan filьmlardan biri – “Oskar” mukofotiga ikki karra nomzod Kavsar bint Haniya tomonidan suratga olingan “Hind Radjab ovozi” filьmi. Premьera 3 sentyabrga moʻljallangan.
Yangi oʻquv yilidan boshlab rus maktablarida taъlim jarayonida sezilarli oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Asosiy yangilik – ayrim fanlar hisobidan tarixiy bilimlar va maъnaviy-vatanparvarlik gʻoyalariga asoslangan darslarni kuchaytirishdir.
Yangi oʻquv yili arafasida Grozniy pedagogika kolleji hududida yangi masjid ochildi.
Prezident Ahmad ash-Sharъ Suriyaning "Ibrohim kelishuvlari"ga qoʻshilishini rad etdi va isroilning hanuzgacha Joʻlon tepaliklarida bosqinchilik siyosatini davom ettirayotganini eslatdi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi soʻnggi haftalarda Donalьd Tramp bilan toʻrt marta telefon orqali suhbatlashishdan bosh tortgan. FAZ nashrining yozishicha, Modi AQSh prezidentining Hindiston iqtisodiyotini "oʻlik" deb atagani va hind mahsulotlariga qoʻshimcha 25% boj joriy qilganidan norozi.
5 oylik chaqaloq Gadir Breyka ochlikdan vafot etdi. Bosqinchi isroilning Gʻazoni qamal qilishi, oziq-ovqat hamda hayotiy muhim gumanitar yordam kirishini cheklashi oqibatida bu kabi oʻlimlarning soni oshib bormoqda. Xalqaro hamjamiyat esa Gʻazoda odam qolmasligini kutayotgandek goʻyo.
Eslatib oʻtamiz, Butunjahon Islom ulamolari 28 avgust, payshanba kunini Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash uchun roʻza tutish va duo kuni, deb eъlon qilishdi. Ummat ulamolar bilan birgalikda roʻza tutishga va mazlum birodarlari haqqiga duo qilishga chorlandi.
Bangladesh rahbari Muhammad Yunus Mьyanmadagi rohinja musulmonlariga qarshi “etnik tozalash”ga barham berish uchun jahon hamjamiyatini jiddiyroq chora koʻrishga chaqirdi. Koks-Bazardagi anjumanda nutq soʻzlagan Yunus "Bangladesh hozirda 1,3 milliondan ortiq rohinjalarni qabul qilganini va bu mamlakat iqtisodi uchun ogʻir yuk boʻlayotgani"ni aytib oʻtgan.
“Khaama Press” nashrining yozishicha,
"Eri halol mehnat qilib, oilasini taъminlab turibdi. Xotini esa uni omadsiz deb hisoblaydi", degan