Isroil Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning Isroildan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni topshirishi haqidagi bayonotlarini asossiz deb atadi.
(husiylar) 2023 yil 19 noyabrda qoʻlga olgan Galaxy Leader yuk kemasi ekipajini ozod qildi. Ekipaj aʻʻzolarining ozod qilinishiga Ummonning vositachiligi sabab boʻlgan.
Saudiya Arabistoni Bosh Koʻngilochar Boshqarmasi prezidenti Turki Alalshix ijtimoiy tarmoq orqali jahonga mashhur bastakor Hans Zimmer bilan hamkorlik haqidagi muhim yangilikni eʻʻlon qildi. Uning maʻʻlum qilishicha, Hans Zimmer mamlakatning davlat madhiyasini qayta bastalaydi.
Isroil 2024 yil may oyida oʻldirilgan deb daʻʻvo qilgan HAMAS harbiy qoʻmondoni Husayn Fayyod tirik ekanligi maʻʻlum boʻldi. Falastinning "Arab48" nashri xabar berishicha, u yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda koʻrinish bergan.
Soʻnggi ikki yilda Pokistonning Sind viloyatidagi qamoqxonalardan 4200 dan ortiq afgʻon mahbuslari ozod etildi. Mahbuslar orasida hujjatlar yoʻqligi sababli hibsga olingan ayollar va bolalar ham mavjud. Bosh konsul Abdul Jabbor Tahariyning maʻʻlumotlariga koʻra, barcha mahbuslar Afgʻoniston hukumati hisobidan mamlakatga deportatsiya qilingan.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSh prezidenti bilan telefon orqali suhbatda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildi. Shahzoda kelgusida 600 milliard dollargacha investitsiya kiritishni vaʻʻda qildi.
Shveytsariya prokuraturasi Isroil prezidenti Isaak Gertsogga qarshi “Gʻazo sektorida genotsidga chaqirish”da ayblangan bir necha daʻʻvolarni koʻrib chiqmoqda.
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp Husiylar guruhini terrorchi tashkilot sifatida tan olish haqidagi farmonni imzoladi. 2021 yilda Bayden maʻʻmuriyati Husiylarni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqargan edi. Ammo ularning Isroilga qarshi harakatlari tufayli guruh qaytadan "global terrorchi tashkilotlar" roʻyxatiga kiritildi.
Marokash va Isroil oʻrtasidagi hamkorlik yanada chuqurlashmoqda. Marokash Heron dronlarini sotib oldi va ularni ishlab chiqaradigan zavod qurilishini eʻʻlon qildi. 2024 yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 53,2 million dollarga etgan.
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar.