"Afrika oqimi" axborot agentligi bosh direktori Ahmad Kaballo Sudanda davom etayotgan qonli mojaroni keskin tanqid qildi.
Isroil va HAMAS oʻrtasida otashkesim eʻʻlon qilinishiga qaramay, Gʻazo sektorida qurbonlar soni ortishda davom etmoqda. Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, 77 nafar falastinlik vafot etdi. Ularning 21 nafari yosh bolalar va 25 nafari ayollar boʻlgan.
Qirgʻiziston Aholini roʻyxatga olish boshqarmasi maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yil davomida 23 mingdan ortiq Rossiya fuqarosi Qirgʻiziston fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan.
Isroilning HAMAS bilan kelishuvi mamlakatda jamoatchilik va OAV tomonidan keskin tanqidga uchradi. Ayniqsa, oʻng qanot siyosiy doiralar va ommaviy axborot vositalari oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvni hukumatning yirik magʻlubiyati deb baholamoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 468 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuv eʻʻlon qilinganiga qaramay, Isroilning Gʻazo sektorini bombalashi oqibatida bugun ertalabdan beri 50 ga yaqin odam halok boʻldi. Ularning orasida ayollar va bolalar bor.
AQSh prezidenti Jo Bayden lavozimidan ketishi oldidan Oq uydagi soʻnggi nutqini soʻzladi. U davlat rahbari sifatidagi faoliyatini sarhisob qilar ekan, Gʻazo sektori boʻyicha kelishuvga erishilganiga uning jamoasi sabab boʻlganini aytdi.
Pezeshkyan Dushanbedagi tashrifini Somoniy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi bilan boshladi. Shuningdek, prezident Imomali Rahmon bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borilishi va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha yangi bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Meksika janubidagi muhojirlar karvonining suratlari chop etildi. Ularning aksariyati Lotin Amerikasi mamlakatlaridan, jumladan, Venesueladan kelgan. Ular siyosiy beqarorlik va Nikolas Maduro rejimiga qarshi norozilik tufayli yangi hayot izlashga majbur boʻlganini bildirishmoqda.