Janubiy Koreyada aviahalokatdan soʻng transport vaziri isteʻʻfo haqida bayonot berdi
Janubiy Koreyada aviahalokatdan soʻng transport vaziri isteʻʻfo haqida bayonot berdi
Transport vaziri Pak Sang Vu sodir boʻlgan halokat uchun uzr soʻrab, tegishli choralar koʻrish va isteʻʻfoga chiqish masalasini koʻrib chiqayotganini bildirdi
Janubiy Koreyada Jeju Air 7C2216 reysining avariyasi ortidan mamlakatda chuqur qaygʻu va siyosiy bosim yuzaga keldi. 179 kishining halok boʻlishi bilan yakunlangan mazkur hodisa mamlakat aviatsiya tarixidagi eng halokatli ofat sifatida qayd etildi.
Transport vaziri Pak Sang Vu matbuot anjumanida voqea uchun chin dildan uzr soʻrab, «masʻʻuliyatli amaldor sifatida bu inqirozni bartaraf etish uchun tegishli choralarni koʻrish niyatida» ekanligini taʻʻkidladi. U inqiroz bartaraf etilgandan soʻng isteʻʻfo masalasini koʻrib chiqishini maʻʻlum qildi.
Boing 737-800 samolyoti Bangkok-Muan yoʻnalishida parvoz qilgan. Uchish-qoʻnish yoʻlagiga qoʻngan vaqtda qoʻnish moslamasidagi nosozlik sababli samolyot boshqaruvdan chiqib ketib, devorga urilib, halokatga uchradi. Rasmiylar tergov davomida samolyot dvigatellaridan birida qush urilishi sababli katta zarar aniqlanganini tasdiqladi.
Aviakatastrofa oldidan uchuvchi «Mayday» chaqiruvi orqali samolyot qushlar galasiga urilganini bildirgan. Bu signal texnik muammoni vaqtida tushuntirishga yoʻnaltirilgan boʻlgan, ammo fojia oldini olishga imkon boʻlmadi.
Halokatdan soʻng Janubiy Koreyada 7 kunlik milliy motam eʻʻlon qilindi.













