Komil Allamjonovga suiqasd ishi boʻyicha ikki nafar Rossiya fuqarosiga qidiruv eʻʻlon qilindi
Komil Allamjonovga nisbatan qotillikka suiqasd ishi boʻyicha ikki nafar Rossiya fuqarosi — Bislan Rasaev va Shamilʻ Temirxanovga qidiruv eʻʻlon qilindi. Ular qonunga xilof ravishda Oʻzbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda oʻqotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanmoqda.

Bosh prokuratura Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd ishi boʻyicha maʻʻlumot berdi.
Unga koʻra, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Bislan Rasaev va Shamilʻ Temirxanov qonunga xilof ravishda Oʻzbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda oʻqotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoiy harakatlarni sodir etgani aniqlangan.
B.Rasaev va Sh. Temirxanov Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Hozirda Interpol orqali ularga qidiruv eʻʻlon qilingan.
Bislan Rasaev 36 yoshda, rus va chechen tillarini biladi. Interpol veb-saytida quyidagi ayblovlar keltirilgan:
241-moddaning 1-qismi: Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
246-moddaning 1-qismi. Kontrabanda — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
248-moddaning 1-qismi. Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shamil Temirxonov 31 yoshda, rus tilini biladi. Interpol saytiga koʻra, u quyidagilarda ayblanmoqda:
Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirishga urinish.
Oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, oʻqotar qurollarning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarning noqonuniy savdosi.

Eslatib oʻtamiz, 26 oktyabrga oʻtar kechasi Qibray tumanida temir yoʻl kesishmasi yaqinida ikki nomaʻʻlum shaxs Komil Allamjonov oʻtirgan Range Rover rusumli avtomobilga bir necha marta oʻq uzgan va voqea joyidan qochib ketgan. Haydovchi va sobiq amaldor jarohat olmagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) hamda 248 (Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
27 oktyabrʻ kuni ertalab Bosh prokuratura bir gumonlanuvchi hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Bir kun oʻtib yana uch nafar shaxs ushlangani maʻʻlum qilingan.

Bosh prokuraturaning 25 noyabrdagi xabarida suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga etgani, ulardan 2 nafariga qidiruv eʻʻlon qilingani aytilgan. Xususan, ulardan biri Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingan. Yana birining Qozogʻistonda yashiringan manzili aniqlangan.

Mavzuga aloqador