2025 yil 1 aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda doimiy aholi soni 37,7 mln kishini tashkil etdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 2 foizga koʻp.


Milliy statistika qoʻmitasi maъlumotiga koʻra, aholi tarkibining 56 foizi — 21,1 mln kishi mehnatga layoqatli yoshdagilardan iborat. 


Shu bilan birga, 12,1 mln kishi (32,1 foiz) mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 4,5 mln kishi (11,9 foiz) esa pensiya yoshidagi fuqarolardir.


Qayd etilishicha, bu koʻrsatkichlar mamlakat demografik tuzilishida ishga layoqatli aholining katta ulushga egaligini koʻrsatadi. 


Bu esa mehnat bozori va iqtisodiy faollik uchun muhim.

Mavzuga aloqador