Oʻzbekiston Evroosiyo Taraqqiyot Banki (EOTB)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi, deya xabar qilmoqda Kun.uz nashri. Mazkur hujjatni Prezident Shavkat Mirziyoev imzoladi.


Eslatib oʻtamiz, bitimni tasdiqlovchi qonun 2025 yil 21 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 18 mart kuni Senat tomonidan maъqullagan edi.


Xabarda aytilishicha, ustav kapitali 7 milliard dollarni tashkil etuvchi Evroosiyo Taraqqiyot Banki aъzo davlatlarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bilan shugʻullanadi. 


Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari qatoriga “yashil iqtisodiyot”, transport va logistika, hamda muqobil energetika sohalaridagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash kiradi.

Mavzuga aloqador